Dunyoda

Rossiyada koronavirusga qarshi kurashish choralari kuchaytirildi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishMasochnыy rejim v Moskve
Masochnыy rejim v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Rospotrebnadzor Rossiyada butun mamlakat boʻylab niqob taqish tartibini joriy etdi. Restoranlarning soat 23:00 dan soat 06:00 gacha ishlashini taqiqlash tavsiya qilindi.

TOSHKENT, 27 okt — Sputnik. Rospotrebnadzor rossiyaliklarga odam gavjum joylarda, transportda, parkovka va liftlarda niqob taqib yurishni buyurdi. Tegishli qaror 28 oktyabrdan kuchga kiradi.

Meditsinskiy rabotnik  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada rekord darajada COVID-19 bilan kasallanish qayd etildi

Shuningdek, Rossiya boʻylab koʻngilochar tadbirlar oʻtkazish va restoranlarning soat 23:00 dan soat 06:00 gacha ishlashini taqiqlash tavsiya qilindi.

Transport, taksi, doʻkonlar, restoranlar va teatrlarda dezinfektsiya ishlarini amalga oshirish kuchaytirilishi kerak. Mintaqalar koronavirusga test oʻtkazish hajmini oshirishlari zarur.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 1,5 milliondan oshgan. Shulardan 1,1 millioni tuzalib ketgan. 26,5 mingdan ziyod kishi virus qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala