“Donald - jangchi”: Melaniya Tramp erini qo‘llab-quvvatladi

© REUTERS / Carlo AllegriDonald Tramp so svoyey jenoy Melaniyey
Donald Tramp so svoyey jenoy Melaniyey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saylovoldi tashviqoti boshlanganidan beri AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp ilk marta erini qo‘llab-quvvatladi.

TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Saylovoldi tashviqoti boshlanganidan beri AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp ilk marta erini qo‘llab-quvvatladi. RIA Novosti xabariga asosan.

"U jangchi" va uni yana to‘rt yilga Oq uyda qoldirish kerak”, deb aytdi.

"Donald - jangchi, u bu mamlakatni yaxshi ko‘radi va u siz uchun har kuni kurashadi", - dedi AQSh prezidentining rafiqasi Pensilvaniya shtatidagi mitingda.

U o‘z nutqini koronavirusga chalinganida ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorlik izhor etish bilan boshladi. "Biz Amerika ushbu kutilmagan muammoni yengib chiqishini bilamiz", - Melaniya Tramp. 

Sietl osvobojden ot anarxistov: politsiya SShA likvidirovala avtonomnuyu zonu CHAZ - Sputnik O‘zbekiston
Vashingtonda politsiyachilarga qarshi yangi noroziliklar avj oldi

Biroq turmush o‘rtog‘ining xizmatlarini sanab o‘tayotganda, tomoshabinlardan kimdir: "buning ustiga u yoqimtoy”, deb baqirganida, u jilmayib qo‘ydi va hech qanday ishora qilmasdan: "Qo‘shilaman", dedi.

Tadbir uchun yashil rangli harbiy uslubdagi ko‘ylakni tanlagan Melaniya, shuningdek, eri "jinsi va irqidan qat’i nazar Donald odamlarga yordam berishni yaxshi ko‘rishini", ta’kidladi.

"Boshlagan ishini oxiriga yetkazishi va mamlakatimiz gullab-yashnashida davom etishi uchun biz Donaldni Oq Uyda ushlab qolishimiz kerak", - deb qo‘shimcha qildi u.

Yangiliklar lentasi
0