“Nurafshon City”ni qaysi xorijlik kompaniya qurishi ma’lum bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Singapurning “Universal Success Enterprises Limited” kompaniyasi “Nurafshon City” qurilish loyihasini amalga oshiradi.

TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov va Singapurning “Universal Success Enterprises Limited” kompaniyasi raisi Prasun Mukerji “Nurafshon City” qurilish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bosh kelishuvni onlayn tarzda imzoladi.

Maket neboskrebov v Yakkasarayskom rayone Tashkenta  - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda egizak osmono‘par binolar quriladi

“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, Hujjat Singapur kompaniyasi tomonidan o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda 2021-yil birinchi choragining oxiriga qadar loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish, keyinchalik tasdiqlash va zamonaviy Nurafshon shahri qurilishining boshlanishini nazarda tutadi.

Loyihaning umumiy maydoni taxminan 2 ming 833 gektarni tashkil etadi va u uch bosqichda amalga oshiriladi.

Loyihani Universal Success Enterprises Limited yoki ushbu kompaniya tomonidan tashkil etilgan xorijiy kompaniyalar konsorsiumi tomonidan jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar yoki xorijiy moliya institutlarining kredit liniyalari asosida amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Investitsiyalarning umumiy hajmi loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash natijalariga ko‘ra aniqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0