Rossiya TIV G‘arbning Putinning RSMDga oid taklifiga munosabatini mas’uliyatsizlik deb atadi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishZdanie MID Rossii.
Zdanie MID Rossii. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti O‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yo‘q qilish shartnomasi (DRSMD) to‘xtashi sharoitida keskinlikka barham berishni taklif qildi.

TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Rossiya TIV G‘arbdagi hamkorlar Rossiyaning Yevropada vaziyatni barqarorlashtirishga bo‘lgan urinishlariga e’tiborsizlik bildirapti deb hisoblaydi.

26 oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yo‘q qilish shartnomasi (DRSMD) to‘xtashi sharoitida keskinlikka barham berishni taklif qildi. Putin o‘zaro tamoyillarga asoslangan to‘xtatish vositalarini ishlab chiqishga chaqirdi. Yevropa ushbu tashabbusga ishonchsizlik bilan munosabat bildirdi. Xususan, Berlin bunday g‘oyalar "ishonchga loyiq emasligini" aytdi.

Akademik RAN, bivshiy sekretar Soveta Bezopasnosti RF Andrey Kokoshin - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va AQSh SNV-3 bitimini uzaytira oladimi — Kokoshin fikri

"Birinchi salbiy signallarni, yetarlicha mulohazasiz, aynan Yevropadan eshitmoqdamiz", - dedi RIA Novosti bilan suhbatda Rossiya TIV rahbarining o‘rinbosari Sergey Rabkov.

"Bildirilgan takliflarning jiddiyligi ularni atroflicha o‘rganishni talab qiladi. Bu takliflarning teranligi obdon anglashni talab qiladi. Bu Rossiya Federatsiyasi rahbariyatining Yevropada yangi "raketa inqirozi" yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik nuqtayi nazaridan u yerda harbiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga yo‘l topishga qaratilgan kayfiyatining ifodasidir", - dedi Rabkov.

Putin AQShning DRSMDdan chiqishini jiddiy xato deb atadi

DRSMD global strategik barqarorlikni ta’minlashga undardi. 2019-yilda AQSh Rossiyani ushbu shartnomani shartlarini buzganlikda ayblab, undan chiqdi. Moskva bu ayblovlarni rad etdi va savol tug‘dirgan raketani namoyish qilish va bu mavzuni muhokama qilishga tayyorligini bildirdi. Ammo AQSh yon bermadi va bir tomonlama shartnomadan chiqdi.

Yangiliklar lentasi
0