Rossiya O‘zbekistonga birinchi mobil klinikani sovg‘a qildi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishMobilnaya poliklinika v Chelyabinskoy oblasti
Mobilnaya poliklinika v Chelyabinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mobil klinikalar OITS, COVID-19, virusli gepatit va boshqa infeksiyalarni aniqlash, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, akusher va ginekologik yordam, kardiologiya va urologiya xizmatlarini ko‘rsatadi.

TOShKENT, 28 okt - Sputnik. Kecha, 27-oktabr kuni Inson huquqlarini va salomatligini saqlash bo‘yicha Rossiya Federal xizmati (Rospotrebnadzor) O‘zbekiston Respublikasiga birinchi mobil klinikani sovg‘a qildi

Tantanali ravishda bo‘lib o‘tgan marosimda Rospotrebnazdor vakilllari, Rossiya TIV rasmiylari va O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov ishtirok etdi. 

Vserossiyskaya aksiya Den donorskogo sovershennoletiya - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekistonga epidemiologik kurash mobil laboratoriyasini sovg‘a qildi

Marosimda so‘zga chiqqan Rospotrebnadzor rahbari o‘rinbosari Irina Bragina turli yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda O‘zbekiston Rossiyaning Markaziy Osiyodagi ko‘p yilllik ishonchli hamkori ekanini qayd etdi.

"Ikki davlatni qizamiq, vabo, OITS, virusli gepatitlar va boshqa kasalliklarga qarshi kurash va profilaktika qilish bo‘yicha ko‘p yillik ishonchli va samarali hamkorlik munosabatlari bog‘lab turibdi. Bugungi COVID-19 pandemiyasi vaqtidagi hamkorligimiz juda muhim. Biz O‘zbekiston hukumatining pandemiyani yengishga qaratilgan barcha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz va kerak bo‘lganda Rossiya har qanday yordam berishga tayyor ekanini ta’kidlaymiz", - dedi Bragina. 

Ma’lumot uchun, Rossiya mobil klinikalari birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish, OITS, COVID-19, virusli gepatit, jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalar, akkusher va ginekologik yordam, kardiologiya va urologiya xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashgan.

Javob so‘zida Botirjon Asadov O‘zbekiston Hukumati nomidan Rossiya Federatsiyasiga minnatdorlik va ushbu mobil klinika aholi turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi. 

Rospotrebnadzor peredal  Uzbekistanu mikrobiologicheskiyu laboratoriyu - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekistonga mobil mikrobiologik laboratoriya taqdim etdi

"Bugungi marosim O‘zbekiston-Rossiya sog‘liqni saqlash borasidagi hamkorligi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar qatorida o‘rinli bo‘ldi. Bu bizning Respublikaga yetkazib berilayotgan birinchi ana shunday klinika ekanini qayd etish biz uchun quvonchli holatdir. Ushbu Dastur yordamida turli hududlarda istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari infeksion kasalliklar simptomolari haqida o‘z vaqtida ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ladilar. Bugungi kun sharoitida bu - juda muhim", - dedi O‘zbekiston elchisi. 

Mobil klinikalar yetkazib berish - "Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiy davlatlariga OITS va boshqa infeksion kasalliklarni profilaktika qilish" dasturi doirasida amalga oshirildi. Dastur - YuNEYDS, Rospotrebnadzor va "SPIDInfosvaz" fondi tomonidan 2013-yildan buyon amalga oshirilib kelmoqda.     

Bugungi kunda Rossiya Markaziy Osiyo mamlakatlariga jami 12ta ana shunday mobil klinikalar yetkazib bergan. Ulardan 4tasi - Tojikistonga, 3 tasi  - Armanistonga va 5tasi - Qirg‘izistonga. 

Barcha mobil majmualar aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi. Dastur ishgan tushganidan buyon 1,6 milliondan ortiq kishi uning xizmatidan foydalangan. 

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishDiagnosticheskiy kabinet v "mobilnoy poliklinike"
Rossiya O‘zbekistonga birinchi mobil klinikani sovg‘a qildi - Sputnik O‘zbekiston
Diagnosticheskiy kabinet v "mobilnoy poliklinike"
Yangiliklar lentasi
0