Migratsiya

Rossiyada migrantlar sharoitini qanday yengillashtirish mumkin – ekspert fikri

© Facebook / Yuriy MoskovskiyPredsedatel komissii po migratsii Soveta po delam natsionalnostey pri Pravitelstve Moskvы Yuriy Moskovskiy
Predsedatel komissii po migratsii Soveta po delam natsionalnostey pri Pravitelstve Moskvы Yuriy Moskovskiy - Sputnik Oʻzbekiston
Moskva hukumati huzuridagi Millatlar ishlari boʻyicha kengashining migratsiya komissiyasi raisi Yuriy Moskovskiy chet ellik ishchilar uchun qulay sharoit yaratish uchun nima qilish kerakligi xususida fikr bildirdi.

Ekspertning soʻzlariga koʻra, pandemiya boshida Rossiyada 2,3 million nafarga yaqin mehnat migrantlari ishlagan, lekin hozir ularning koʻpi ishsiz qolgan yoki yaxshi sharoit qidirishmoqda.

Uborka snega v Moskve  - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Ishsiz rossiyaliklar migrantlarni mehnat bozoridan siqib chiqara oladimi?

Moskovskiyning maʼlum qilishicha, kiritilgan cheklovlar olib tashlangandan soʻng Rossiyaga ishga keladigan migrantlarning ishga joylashish uchun baza yaratish bugungi kunda oʻta dolzarb va zarur.

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, undan keyin avvalo Rossiyaning migratsiya sohasidagi qonunchiligiga eʼtibor qaratish lozim.

“Gap birinchi navbatda har qanday ikkita maʼmuriy qoidabuzarlik uchun chet ellik fuqaroni chiqarib yuborishni bekor qilish haqida bormoqda. Haddan ziyod taqiqlovchi choralar nafaqat mehnat bozori va mehnat migrantlariga, balki Rossiya iqtisodiyotiga ham juda katta zarar yetkazadi”, - deb hisoblaydi Moskovskiy.

Ekspert Rossiya fuqaroligiga qabul qilishning osonlashtirilishi ham odamlarning ishga joylashishini osonlashtirishini qoʻshimcha qildi.

Ekspert obʼyasnil, kak mojno oblegchit usloviya trudovыm migrantam v RF
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala