"Rossiya allaqachon foydalanmoqda": AQSh qaysi qurolni hech o‘zlashtira olmayapti

Obuna bo‘lish
Muammo shundaki, amerika gipertovushli raketalari o‘z hajmi tufayli esmineslar yacheykasiga sig‘maydi. Kemalar jiddiy modernizatsiyaga muhtoj: ishga tushirish modullarini yanada sig‘imdorga alishtirish, o‘t ochishni boshqarish tizimlarini takomillashtirish lozim. Bu qanchaga tushishi noma’lum

TOShKENT, 28 okt — Sputnik, Nikolay Protopopov. O‘nlab kemalar va suvosti kemalari, Havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlarini yengib o‘tish, tezkor global zarba strategiyasi — Pentagon "Arli Bork" tasnifidagi eskadra minatashuvchilarini gipertovushli raketalarga qayta qurollantirishga qaror qildi. O‘ta ambitsiyali loyiha yetmishdan ortiq "vimpel"larni qayta qurollantirishni ko‘zda tutadi.

Ostonadagi raqiblar: nima uchun Pentagon amerikaliklarni katta urush bilan qo‘rqitmoqda? - Sputnik O‘zbekiston
Pentagon amaldorlari nega amerikaliklarni katta urush bilan qo‘rqitishmoqda?

Ammo hammasi u qadar oddiy emas — raketa loyihasi hali oxiriga yetkazilgani yo‘q, esmineslarga esa chuqur modernizatsiya talab etiladi. Amerika gipertovushli raketasi muammolari haqida — RIA Novosti materialida.

Tezda bo‘lmaydi

Pentagon rejalari yangi "Virginiya"  submarinalari va "Zamvolt" esmineslari gipertovushli qurollar bilan jihozlanadi. So‘ngra - "Arli Bork" tasnifidagi kemalar, ya’ni AQSh Harbiy dengiz kuchlari(HDK)dagi eng ommaviy zarba "vimpel"lar ham.

Bor muammo shundaki, amerika gipertovushli raketalari o‘z gabariti tufayli esmineslar yacheykalariga sig‘mayapti. Kemalar jiddiy modernizatsiyaga muhtoj: ishga tushirish modullarini yanada sig‘imdorga almashtirish, shuningdek, o‘t ochishni boshqarish shtat tizimlarini takomillashtirish kerak. Bu qanchaga tushishi va qancha vaqtni olishi - hozircha noma’lum.

Zvezdnoe nebo - Sputnik O‘zbekiston
Pentagon "uchar likopchalarni" o‘rganish bo‘yicha maxsus guruh tuzadi

AQSh HDK suv sathi kemalarining aksariyati qoniqarsiz ahvolga kelib qolgan, va buni Pentagondagilar ham tan oladi. Xususan, o‘ttizga yaqin "Arli Bork" esmineslarining xizmat muddati nihoyalanmoqda, yuz millionlab dollar mablag‘ sarflangan modernizatsiyalash ishlari holatni ko‘pam yaxshi tomonga o‘zgartira olgan emas. Kema radarlariga xizmat ko‘rsatish va kuch uskunalarini ishchan holatda ushlab turishda alohida murakkabliklar yuzaga kelmoqda.

Shu narsa ayonki, shiddat bilan eskirib borayotgan esmineslarni yangi ishga tushirish qurilmalari va gipertovushli qurol bilan uskunalash maqsadga muvofiq emas. Ekspertlar fikriga ko‘ra, Pentagonning hatto balandparvoz bayonotlariga qaramay, ushbu kemalar "Tomagavk" qanotli raketalarga egaligicha qoladi.

"Bu miqdordagi esmineslarni tezkorlikda qayta jihozlash imkonsiz, — deydi RIA Novosti bilan suhbatda harbiy ekspert Aleksey Leonkov. — Dastur, fikrimcha, ikkita yo‘nalishda boradi: faqatgina "yangi" "Arli Bork"lar modernizatsiya qilinadi, plyus gipertovushli raketalar uchun ishga tushirish uskunalari yangi kemalarga montaj qilinadi. Harajatlar ham amerikaliklar uchun muhim emas — ular bugun dunyodagi kuchlar balansini tekislash va o‘ziga yetakchilik pozitsiyasini qaytarish uchun istalgancha mablag‘ sarflashga tayyor".

Arzon va arzigulik

O‘z navbatida, amerikalik analitiklar fikricha, flotni gipertovushga qayta qurollantirish dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun yoki yangi esmineslar, yoki kichik o‘lchamdagi raketalar talab etiladi. Birinchi variant maqbuldek ko‘rinmoqda, nega deganda, Pentagon raketa borasida aniq to‘xtamga kelgandek.

"Flotga baza sifatida quruqlikdagi qo‘shinlar uchun tanlangan loyiha olinmoqda, — Advanced Hypersonic Weapon, — deya aniqlik kiritadi Leonkov. — Ikki pog‘onali, qattiq yoqilg‘ili. Birinchi pog‘ona — tezlik oldiradi, ikkinchisi — rejalashtiruvchi blok. Dengizda joylashuvchi raketalarni nafaqat "Arli Bork" esmineslariga, balki "Ogayo" va "Virginiya" sinfidagi suvosti kemalariga ham o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Ular hozir aynan shu maqsadlar uchun modernizatsiya qilinmoqda".

Gipertovushli raketalar istiqbolli tashuvchilariga kelsak, Pentagon hamon yangi avlod kemasi loyihasini o‘rganmoqda. DDG Next esminetsini "Arli Borkdan" sal kattaroq qilib ishlab chiqish rejalashtirgan, ammo ishga tushirish uskunalari ancha sig‘imdor bo‘lishi, qoraversa, qurollanish tomondan ham kuchaytirilishi kutilmoqda.

Akademik RAN, bivshiy sekretar Soveta Bezopasnosti RF Andrey Kokoshin - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va AQSh SNV-3 bitimini uzaytira oladimi — Kokoshin fikri

Eslatib o‘tamiz, amerikaliklar "Bork"ga o‘rindosh topishga urinishgan edi, ammo bu muvaffaqiyatsiz yakunlandi — texnologik jihatdan oldinlab ketgan Zumwalt esmineslari o‘ta qo‘pol bo‘lib, harbiy dengizchilarga haddan ziyod bosh og‘riq bo‘ldi. Xomligi shundoq ko‘rinib turgan uskunalar va qurollar tufayli ularning ishonchliligi va ekspluatatsiyaga yaroqliligi shubha ostida qoldi.

Xususan, birinchi "Zamvolt" suvga tushirilganidan bir hafta o‘tib, asosiy kuch qurilmasi ishdan chiqdi — kema Panama kanalida "o‘chdi" va uni yaqin-atrofdagi harbiy-dengiz bazasiga ta’mir uchun shatakka olishga to‘g‘ri keldi. Elektr uskunalar bilan bog‘liq muammolar keyingi "vimpel"da ham aniqlandi.

Shu bilan bir vaqtning o‘zida "Zamvoltlar"ni narx borasida avianoseslar bilan taqqoslash mumkin. Har bir esmines amerika budjetiga taxminan 4,5 milliard dollarga tushgan. Oqibatda, rejalashtirilgan 32ta kema o‘rniga Pentagon uchta bilan cheklanib qo‘ya qoldi.

Xitoy qurgan avianoses - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy o‘zi qurgan avianosesni butun jahonga ko‘z-ko‘z qildi

"Zamvolt"larni gipertovushli qurollar bilan ta’minlash qarori, ko‘rinib turibdiki, ularni joylaydigan boshqa joy yo‘qligidan dalolat bermoqda. Xizmat yoki jangovar harakatlar uchun yaroqsizligi tufayli qo‘mondonlik bu kemalarni yangi raketalarga platformalar tariqasida ko‘rib chiqmoqda.

Quvib borayotgan rolida

Suvosti tashuvchilari — bu birinchi galda "Virginiya" ko‘pnishonli submarinalaridir. Ularni 2028-yilga kelib qayta qurollantirish rejalashtirilgan. Bu suvosti kemalari bir soat davomida sayyoraning istalgan nuqtasiga aniq noyadroviy global zarba berishni nazarada tutuvchi dasturga ulanadi. Quruqlikdagi qo‘shinlar ilk gipertovushli majmualarni sal oldinroq - 2023-yilda qabul qilib oladi.

Bolshaya dizel-elektricheskaya podvodnaya lodka Volxov - Sputnik O‘zbekiston
Kuchli torpeda: National Interest Rossiya suvosti kemasidan hayratda qoldi

Rossiyada esa bularning barchasi allaqachon joriy etilgan va muntazam ravishda mashg‘ulotlarda sinalib kelinadi.

Xususan, yerda joylashuvchi strategik maqsadli "Avangard" majmuasi haqida 2018-yilning bahorida ma’lum bo‘lgan edi. Zarba qismi — mintaqalararo UR-100N raketasi va o‘ta yuqori temperaturalarga dosh beruvchi rejalashtiruvchi blokdir, — atmosferaning zich qatlamlarida soatiga 25 ming kilometrgacha tezlashadi. Majmua ikki yil oldin seriyaga kiritilgan, "Avangard" bilan qurollantirilgan birinchi polk esa 2019-yilning dekabrida navbatchilikka kirishgan edi. Joriy yil yakuniga qadar Rossiya Mudofaa vazirligi Orenburg viloyatida yana ikkita raketa uchun infratuzilma tayyorlaydi.

Flot ham ortda qolmayapti. Oktabr oyi boshida Bosh shtab "Admiral Gorshkov" fregatidan "Sirkon" gipertovushli raketasi sinovi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani haqida xabar bergan edi. Jangovar zaxira sakkiz Maxdan ortiq (soatiga taxminan 9,5 ming kilometr) tezlikni oldi va 450 kilometrni 4,5 daqiqa ichida zabt etdi. Istiqbolda raketa minglab kilometr masofadagi nishonlarni yo‘q qila olishi va 9 Max tezlikka chiqishi mumkin.

Illyustratsiya budushey amerikanskoy podlodki klassa Columbia - Sputnik O‘zbekiston
AQSh nima sababdan suv osti kemalarini Rossiya qirg‘oqlari yaqiniga ko‘chirmoqda

Kutilishicha, majmua 2021-yilda safga qabul qilib olinadi. U bilan amaldagi va qurilayotgan suv sathi kemalari va suvosti kemalarini jihozlash rejalashtirilgan. Xususan, 2025-2026-yillar oralig‘ida HDF uchun ikkita 22350 loyiha fregati quriladi. "Sirkon" bilan qurollangan birinchi submarina "Yasen-M" loyihasiga tegishli ko‘pnishonli APL "Kazan" bo‘ladi.

Dengizchilarga uni dekabr oyida topshirishadi — hozir kema sinovdan o‘tmoqda.

Bundan tashqari, Rossiya, havoda joylashuvchi "Hanjar" ("Kinjal") deb atamish gipertovushli quroliga ega. Tutib oluvchi MiG-31K qiruvchilari bu xildagi raketalar bilan 2017-yildan buyon jihozlantiriladi. Bir nechta tashuvchilar Janubiy harbiy okrugda joy olgan, 2024-yilga qadar esa "Kinjallar" bilan Krasnoyarsk o‘lkasidagi aviapolk ham jihozlantiriladi. Majmua ikki ming kilometr masofagacha bo‘lgan nishonlarni yo‘q qiladi. Boyegolovkalar oddiy yoki maxsus - yadroviy zaradli bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0