Tramp yoki Bayden: hayvonlar AQShdagi saylov natijalarini bashorat qilishdi

Obuna bo‘lish
AQShda bo‘lajak prezident saylovlari oldidan “hissiyotlar junbushga kelgan” bir paytda ekspertlar kim AQShning 46-prezidenti bo‘lishini bashorat qilishmoqda. Hayvonlar ham bundan mustasno emas.

Rossiyaning Krasnoyarsk shahridagi hayvonot bog‘ida Oq uyning keyingi rahbariga ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tdi.

Hayvonlarga bo‘lajak AQSh prezidentini tanlash imkoniyati berildi.

Buning uchun yirtqichlar oldiga ikki nomzod – Donald Tramp (respublikachi) va Jo Bayden (demokrat) aks etgan ikkitadan tarvuz keltirishdi. So‘ngra ularning qaysi birini tanlashiga qarab, saylov natijalari borasida bashorat qilindi.

Albatta, bu hazil tariqasida ovoz berish jarayonini oldindan bilishning usuli. 3-noyabr kuni AQShda kim prezident etib saylanishi fuqarolarning saylovda faol ishtirok etishi va nomzodlarning “surprizlariga” bog‘liq. Shunday ekan oldindan hech narsa deb bo‘lmaydi.

Hayvonlarning qanday ovoz berganini videomizda tomosha qiling!

Yangiliklar lentasi
0