Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar 66 mingdan oshdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishGospital COVID-19 v GKB № 52
Gospital COVID-19 v GKB № 52 - Sputnik Oʻzbekiston
Tun davomida 93 kishida virus aniqlanib, bir kishi vafot etdi. Eng koʻp Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida aniqlagan.

TOSHKENT, 28 okt — Sputnik. Oʻtgan tun davomida Oʻzbekistonda yana 93 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 66 037 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Shkola - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
BSST koronavirus pandemiyasi sababli maktablar yopilishi samarasiga baho berdi

Yangi kasallanganlarning 6 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 8 nafari Andijon viloyatida, 8 nafari Qashqadaryo viloyatida, 6 nafari Samarqand viloyatida, 14 nafari Sirdaryo viloyatida, 12 nafari Surxondaryo viloyatida, 5 nafari Fargʻona viloyatida, 34 nafari Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 557 kishini tashkil etmoqda.

Shu paytga qadar 63 165 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar sogʻaygan. Hozirda mamlakatda 2 315 nafar bemor davolanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala