O‘zbekistonda koronavirus: 29-oktabr asosiy xabarlari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishVremenniy gospital COVID-19 na VDNX
Vremenniy gospital COVID-19 na VDNX - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 192 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 66 392 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Mujchina na terrase bara na pustoy ploshadi v rayone Alt-Zaksenxauzen vo Frankfurte, Germaniya - Sputnik O‘zbekiston
Yevropaning pandemiya davridagi hayoti

Bir sutka davomida 192 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 66 392 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 72 nafari Toshkent shahrida, 7 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 135 nafar bemor tuzaldi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 63 581 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 250 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 3 nafar bemor vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 561 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Abxaziyadan qaytgan fuqarolar

28 oktabr kuni Abxaziyada qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolarining 299 kishidan iborat ikkinchi guruhi Sochi shahridan vatanga qaytarildi.

Umra ziyorati

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda 1-noyabr kunidan e’tiboran, xorijiy ziyoratchilarga umra qilishi uchun ruxsat berilgani mazmunida tarqalgan xabarga oydinlik kiritdi.

Endilikda, Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra vazirligi o‘zining rasmiy internet nashrlari orqali taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Umra ziyorati to‘rt bosqichda, Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vazirligi taklif va tavsiyalari asosida qayta tashkil etilmoqda.

Boing 767 - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Abxaziyada qolib ketgan fuqarolarining ikkinchi guruhini olib keldi

Bugunga qadar umra tadbirlari 2 ta bosqichda qayta yo‘lga qo‘yildi. Shu yilning 4-oktabrdan birinchi va 18-oktabrdan ikkinchi bosqichlar boshlandi. Hozirga kelib kunlik ziyoratchilar soni 15 mingtani tashkil etmoqda.

Test bot

Endi "COVID-19" bo‘yicha test natijalarini Telegram-bot orqali olish mumkin.

"COVID-19" uchun PZR testi natijalarini tezda olinishini ta’minlash maqsadida @coronavirustest_testingbot maxsus Telegram-bot yaratildi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 44,8 milliondan oshdi, 1,2 million ortiq kishi vafot etdi, 32,7 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (9,1 mln), Hindistonda (8,0 mln), Braziliyada (5,5 mln).

Yangiliklar lentasi
0