Rossiya

Rossiya elchisi AQShning Yevropadagi gipertovushli raketalar haqidagi bayonotiga javob qaytardi

© Sputnik / Aleksey Agarыshev / Fotobankka oʻtishPosol Rossii v Vashingtone Anatoliy Antonov
Posol Rossii v Vashingtone Anatoliy Antonov - Sputnik Oʻzbekiston
Avvalroq Vashington Rossiyani tutib turish uchun Yevropada gipertovushli qurol va ballistik raketa joylashtirishga tayyorligini maʼlum qilgan edi.

TOSHKENT, 29 okt — Sputnik. Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov Yevropadagi raketa qurollanish poygasidan ogohlantirdi.

Diplomat AQSH prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Robert O'Brayenning bayonotiga shunday munosabat bildirdi. O'Brayen 28 oktyabr kuni Vashington Rossiyani tutib turish uchun Yevropada gipertovushli qurol va ballistik raketa joylashtirishga tayyorligini maʼlum qilgandi.

Zdaniye MID Rossii. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya TIV Gʻarbning Putinning RSMDga oid taklifiga munosabatini masʼuliyatsizlik deb atadi

“Shunga oʻxshash niyatlar mintaqa va global xavfsizlik muvozanati yoʻqolish xavfini tugʻdiradi, qarama-qarshilik potentsialining oshishiga olib keladi. <...> Agar Vashington haqiqatdan ham “qurollanish ustidagi real nazoratdan” manfaatdor boʻlsa, buning uchun Yevropa qitʼasida raketa qurollanish poygasini keskinlashtirishning hojati yoʻq”, - degan Antonov. Uning bayonotini Rossiya elchixonasi Facebook᾽dagi sahifasida eʼlon qildi.

Rossiya elchisi Vladimir Putin Oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yoʻq qilish shartnomasi (DRSMD) toʻxtashi sharoitida keskinlikka barham berish taklifini “konstruktiv muqobil” deb atagan.

“Rossiya Yevropa qitʼasi va dunyoning boshqa mintaqalarida yangi raketa qurollanish poygasining oldini olish boʻyicha xorijlik hamkorlari bilan birgalikdagi saʼy-harakatlarga tayyor”, - deya xulosa qilgan Antonov.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya TIV Gʻarbning Rossiya prezidentining DRSMDga oid taklifiga boʻlgan munosabatini masʼuliyatsizlik deb atagan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala