Rossiyadagi ko‘rshapalaklarda koronavirus aniqlandi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishLetuchiya mish
Letuchiya mish  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mutaxassisning qayd etishicha, ko‘rshapalaklar, masalan, tulki va tipratikon singari boshqa yovvoyi jonivorlarga qaraganda xavfliroq emas

TOShKENT, 29 okt - Sputnik. Rospotrebnadzor mutaxassislari Rossiyadagi ko‘rshapalaklarda koronavirusni aniqladilar, ammo bu qaysi tipdagi virusligi haqida gapirishga hali erta, deb xabar qilgan RIA Novostiga Rospotrebnadzor vakili Anna Speranskaya.

Letuchiya mish  - Sputnik O‘zbekiston
Ko‘rshapalaklar odamlarga qachon tahdid solishi mumkin – biolog

Avgust oyi oxirida Rospotrebnadzor Rossiyaning turli regionlarida mavjud ko‘rshapalaklarda koronavirusni aniqlash bo‘yicha tadqiqot boshlagan edi. Ushbu loyiha viruslar va epidemik xatarlar tarqalishi ehtimoliy yo‘llarini baholashga yordam berishi kerak.

"Rossiyada yashovchi ko‘rshapalaklarda allaqanday (aynan qanday turdagi, hozircha noma’lum) koronaviruslar bor. Aynan qandayligi - tadqiqotda aniqlanadi. Shuningdek, tadqiqot "shu bahonada topilgan" bir qator boshqa viruslar genomlari ketma-ketligini aniqlash imkonini berdi", - dedi Speranskaya.

Letuchiya mish  - Sputnik O‘zbekiston
Ko‘rshapalak, fitna yoki patogen: koronavirus kelib chiqishi haqida olimlar fikri

Mutaxassisning qayd etishicha, ko‘rshapalaklar, masalan, tulki va tipratikon singari boshqa yovvoyi jonivorlarga qaraganda xavfliroq emas. Chunki bu yovvoyi hayvonlar ham inson uchun xavfli bo‘lgan viruslar tashuvchilari bo‘lishi mumkin. Inson ko‘rshapalaklarni qo‘li bilan teginmaslikka harakat qilsa, ularning iniga suqilmasa, ular yashaydigan joylarni xonavayron qilmasa, shuning o‘zi yetarli, deya tushuntiradi Speranskaya.

Ko‘rshapalaklar ustidan tadqiqotlar hali yakunlangani yo‘q, u ikki yilcha davom etadi, deb ta’kidladi mutaxassis.

Yangiliklar lentasi
0