SHHTga aʼzo davlatlar transport vazirliklari hamkorlik masalasida fikr almashishdi

© Sputnik / Bolat ShayxinovFlag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran uchastnits SHOS
Flag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran uchastnits SHOS - Sputnik Oʻzbekiston
Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) ga aʼzo davlatlar transport vazirlarining sakkizinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 29 okt - Sputnik. SHHT ga aʼzo davlatlar transport vazirliklari vakillari oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi axborot xizmati.

Flagi Uzbekistana i Turkmenistana - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston va Turkmaniston transport-kommunikatsiya yoʻlagini shakllantirishni muhokama qildi

2020 yil 28 oktyabr kuni videokonferentsaloqa shaklida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) ga aʼzo davlatlar transport vazirlarining sakkizinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston delegatsiyasiga transport vazirining oʻrinbosari Davron Dehqonov boshchilik qildi.

Uchrashuvda tomonlar hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari hamda sohaga zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etish masalalarini muhokama etishdi.

Shuningdek, tomonlar transport-logistika sohasida koʻp tomonlama savdo iqtisodiy hamkorlik loyihasini amalga oshirish dasturi doirasida ishlarni oʻzaro muvofiqlashtirish yuzasidan fikr almashishdi.

"SHHTga aʼzo davlatlar oʻrtasida transport sohasidagi hamkorlik ulkan salohiyatga ega, uni amalga oshirish, shubhasiz, mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishi va koʻp tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi", - dedi Dehqonov.

Uchrashuvda favqulodda vaziyatlar, xususan, koronavirus epidemiyasi tarqalishi sharoitida trasport tarmoqlarining barqaror ishlashini taʼminlash masalalari, shuningdek, pandemiyadan keyingi davrda sohani rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala