Jamiyat

Oʻzbekiston dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari oʻntaligiga kirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGostinitsa "Uzbekistan" v tsentre Tashkenta
Gostinitsa Uzbekistan v tsentre Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
“Gallup” Xalqaro tadqiqot instituti reytingida Oʻzbekiston dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari oʻntaligiga kiritildi.

TOSHKENT, 29 okt — Sputnik. “Gallup” Xalqaro tadqiqot instituti “Global qonun va tartib” boʻyicha yillik butunjahon reytingini eʼlon qildi.

Reytingga koʻra, Oʻzbekiston dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari oʻntaligiga kiritilgan. Mamlakat 100 dan 92 ball toʻplagan.

© Mejdunarodnыy issledovatelskiy institut Gallup'sVsemirnыy indeks zakona i poryadka
Oʻzbekiston dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari oʻntaligiga kirdi - Sputnik Oʻzbekiston
Vsemirnыy indeks zakona i poryadka

Islandiya, Quvayt, Norvegiya, Avstriya, Shveytsariya va Birlashgan Arab Amirliklari ham kuchli oʻnlikka kirgan.

Birinchi oʻrinni 97 ball bilan Singapur egallagan boʻlsa, Turkmaniston (97) ikkinchi, Xitoy esa (94) uchinchi pogʻonadan oʻrin olgan. Soʻnggi oʻrinni 43 ball bilan Afgʻoniston band qilgan.

Taʼkidlanishicha, Singapur bir necha yillardan beri ushbu reytingda yetakchilik qilmoqda. Afgʻoniston esa ketma-ket ikkinchi yil oxirgi oʻrinda qayd etilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala