Yilning eng yaxshi nokauti - xuddi kinodagidek bo‘ldi

© PhotoxpressBoks, bokserskie perchatki
Boks, bokserskie perchatki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikalik yakkakurashchi nokauti "Yilning eng yaxshi nokauti" nomini oldi, UFC esa jangchiga qo‘shimcha 50 ming $ bonus to‘ladi.

TOShKENT, 30 okt - Sputnik. UFCning 11-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi jangida yosh, hai hech kim yaxshi tanimaydigan Xoakin Batli ismli jangchi ajoyib nokaut ijro etdi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda klub ishqibozlari ushbu nokautni bir zumda "Yilning eng yaxshi nokauti" deb nomlashdi. UFC esa jangchining maoshiga "jozibador nokaut" qo‘shimcha ravishda 50 ming $ bonus tuladi.    

Tramoqda joylashtirilgan video ostiga ishqibozlar: 

- Mana sizga yilning eng yaxshi nokauti, balkim oxirgi 10-yilning, 

- Yana "kung-fu ishlamaydi" deyishadi, 

- Bu bola ham Kung-fu ham Nindzya sirli uslublaridan xabardor shekilli, - 

qabilida izohlar qoldirishgan. 

Ma’lumot uchun Xoakin Bakli UFCda ikki oy oldin o‘z faoliyatini boshlagan edi. Uning birinchi jangi 2020-yil avgustida bo‘lib o‘tgan. O‘sha jangda u yutqizgan bo‘lsada keyingisida - so‘zsiz g‘olib bo‘ldi. 

Yangiliklar lentasi
0