Harbiy tavsiyanomalardan 300tasi soxta chiqdi

© Generalnaya prokuratura UzbekistanaVstupitelnie ekzameni v magistraturu Akademii Generalnoy prokuraturi
Vstupitelnie ekzameni v magistraturu Akademii Generalnoy prokuraturi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yil OTMga imtiyozli kirish maqsadida 13 107 nafar abituriyent harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomalarini taqdim etgan.

TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Bu yilgi OTMlarga qabul mavsumida 300dan ortiq sohta harbiy tavsiyanomalar aniqlandi, deb xabar qildi  DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

2020 – 2021 o‘quv yilida jami 13107 nafar abituriyent harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi taqdim etgan. Ulardan 1828 tasi qayta tekshirilgan. 

Tekshiruv natijasida quyidagilar aniqlangan:  

  • 1516 nafari tavsiyanomalar haqiqiyligi;
  • 172 nafari safarbarlik chaqiruv rezervida xizmat qilgani;
  • 85 nafari harbiy xizmatni o‘tamagani;
  • 55 nafari harbiy xizmatni o‘tgan bo‘lsa-da, tavsiyanomaga ega emasligi.

Tekshiruv natijalari test natijalari bilan birga tahlil qilinganidan so‘ng 1615 nafar abituriyentdan 128 nafari davlat grantiga, 478 nafari to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0