Sochidan Toshkentga charter qatnovi amalga oshiriladi

© AFP 2023 / ADRIAN DENNISSamolet uzbekskix avialiniy
Samolet uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi shaharlaridan O‘zbekiston fuqarolariga samolyotga PZR tekshiruvidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani majburiy ravishda taqdim etish sharti bilan ruxsat beriladi.

TOShKENT, 31 okt - Sputnik. "Uzbekistan airways" aviakompaniyasi 2020-yil 1-noyabrda Sochidan Toshkentga charter qatnov amalga oshirilishi to‘g‘risida xabar berdi.

Rossiya Federatsiyasi shaharlaridan O‘zbekistonga havo qatnoviga O‘zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolariga PZR tekshiruvidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani (qatnov jo‘nashidan oldin kamida 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda amal qiluvchi) majburiy ravishda taqdim etish sharti bilan ruxsatl beriladi.

PZR ma’lumotnomasiga ega bo‘lmagan yo‘lovchilar aviakompaniyaning parvozlariga qo‘yilmaydi.

Aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, shuningdek, "Uzbekistan airways" AJning eng yaqin savdo ofislaridan yoki mintaqangizdagi savdo agentlaridan sotib olish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0