Energetika vazirligi: 1-noyabrdan gaz zapravkalar ish tartibiga o‘zgartirishlar kiritilmagan

Obuna bo‘lish
Vazirlik xabariga ko‘ra, hozirgi kunda ushbu cheklovchi choralarni qo‘llash mexanizmi qayta ko‘rib chiqilmoqda.

TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Energetika vazirligi 2020-yil 1-noyabrdan cheklovlar joriy etilishi rejalashtirilayogan avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobchalariga (AGTKSh) gaz yetkazib berish shartlari hozirda ko‘rib chiqilayotganligini ma’lum qildi.

“Hozircha 1-noyabrdan boshlab AGTKShning ish tartibiga hech qanday o‘zgartirish kiritilmagan”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida 54 ta gaz taqsimlash stansiyalarida yangi ish jadvali joriy etilishi va navbatma-navbat (birdaniga emas), har uch kunda bir marta soat 19:00 dan 7:00 ga qadar gaz ta’minotini to‘xtatib turish rejalashtirilgan edi.

Ushbu choralar aholi va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlashga qaratilgan. Bunga sabab iste’molning yuqori soatlarida yoqilg‘i quyish shoxobchalaridagi gaz iste’moli tufayli bosim kamayib ketadi.

Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda ushbu cheklovchi choralarni qo‘llash mexanizmi qayta ko‘rib chiqilmoqda va qabul qilingan xulasalar haqida o‘z vaqtida ma’lumot beriladi.

Yangiliklar lentasi
0