Migrantlar qadri: Moskvada pandemiya vaqtida qaysi ishchilar yetishmasligi yuzaga keldi

Obuna bo‘lish
Rossiya poytaxtida so‘nggi paytlarda xorijlik ishchilar yetishmayotgani haqidagi xabarlar tez-tez yangramoqda. Bunga koronavirus pandemiyasi sabab yopilgan chegaralar sabab bo‘ldi.

Pandemiya davrida Moskva va Podmoskovyeda quruvchilar, oshpazlar va taksichilar yetishmasligi kuzatildi. Rossiyada qolganlarning ayrimlari o‘z kasbini o‘zgartirishiga to‘g‘ri keldi.

Uborka snega v Moskve  - Sputnik O‘zbekiston
Ishsiz rossiyaliklar migrantlarni mehnat bozoridan siqib chiqara oladimi?

Kompaniyalar xorijlik ishchilar o‘rnini to‘ldirish uchun Rossiyaning boshqa mintaqalaridan ishchi kuchi qidirmoqda. Albatta, migrantlarga qaraganda rossiyaliklarga ko‘proq haq to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Pandemiya davrida kuryerlarning omadi chopdi. Ko‘pchilik o‘zini kuryerlikka urdi. Chunki karantinda buyurtmalar soni oshib, ular ko‘proq pul ishlab olishlari mumkin.

Ammo migrantlarning o‘rnini to‘liq rossiyaliklar egallashlari mumkinligi haqida gapirishga erta, chunki yopilgan chegaralar bir kun kelib ochiladi va xorijlik ishchilarning Rossiya sari otlanishi istisno qilinmaydi.

Yangiliklar lentasi
0