Moldovada prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishVibori prezidenta Moldavii
Vibori prezidenta Moldavii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moldovada 1-noyabr kuni prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Prezident kursisi uchun 8 nomzod kurashmoqda.

TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Moldovada 1-noyabr kuni prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Butun mamlakat bo‘ylab ovoz berish uchastkalari ochildi, deb yozmoqda Sputnik Moldova nashri.

Saylov uchastkalari mahalliy vaqt soat 7 dan ochilib, soat 21 gacha ishlaydi. Agar nomzodlardan birortasi saylovlarda ishtirok etgan ovoz beruvchilarning 50 foizdan ko‘prog‘ining ovozini to‘play olmasa, 15-noyabrda ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Moldova prezidenti lavozimi uchun 8 nomzod kurashmoqda: Renato Usatiy (“Bizning partiya”sidan), Andrey Nestase (Qadr-qimmat va haqiqat” platformasi” partiyasidan), Tudor Deliu (Moldova Liberal-demokratik partiyasidan), Igor Dodon (mustaqil nomzod), Violetta Ivanova (“Shor” siyosi      y partiyasidan), Mayya Sandu (“Harakat va birdamlik partiyasi”dan), Oktavian Siku (“Milliy birdamlik partiyasi”dan) va Dorin Kirtoake (“UNIREA” saylov blokidan).

Prezident kursisi uchun haqiqiy kurash amaldagi mamlakat prezidenti Igor Dodon va sobiq bosh vazir Mayya Sandu o‘rtasida kechishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0