Toshkentda “avtomoyka” xodimlarini ishga qabul qilishda tekshirish kuchaytiriladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishAvtomoyka
Avtomoyka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poytaxtda avtomobilni o‘z maqsadida ishlatish, olib qochish kabi jinoyatlarning oldini olish maqsadida ishga qabul qilinayotgan xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar batafsil tekshiriladi.

TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Toshkentda avtomashina yuvish shoxobchasiga ishga kirmoqchi bo‘lganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish kuchaytiriladi. Bu transport vositalarini o‘z maqsadida ishlatish, olib qochish kabi jinoyatlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.

Rabota avtomobilnoy moyki. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroda oyparastlik xastaligiga chalingan yigit mashinani olib qochdi

Bu haqda Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Murodilla Aliqoriyev poytaxtdagi avtomashina yuvish va shu kabi xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi 217 ta tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.

Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tashkilot rahbarlari ular ishga olayotgan shaxslar uchun mas’ulliklari haqida ogohlantirildi. Ishchilarning mas’uliyat hududini belgilash, ma’lumotlarini qayd etish ham rahbarning vazifasi ekanligi qayd etildi.

“Shu bilan birga ishchilarni mijozning avtomobili kalitini olishlariga yo‘l qo‘ymasdan, buning o‘rniga barcha mijozlardan kalitlarni oluvchi bitta mas’ul shaxsni tayinlash tavsiya etildi”, - deyilgan xabarda.

Tashkilotlar rahbarlari o‘z navbatida ishga qabul qilinayotgan shaxslarning ma’lumotlarini tekshirish qiyinligi, bunda hududiy ichki ishlar organlarining yordamlari kerakligini aytishdi.

“Mazkur iltimos qondirildi, endi avtomobil yuvish shoxobchasi rahbari profilaktika inspektorlari bilan birgalikda ishga olinayotgan shaxslarning ma’lumotlari haqqoniyligini tekshirishi mumkin”, - deyilgan xabarda.

Xabarda ishga olinayotgan shaxs qidiruvda emasligi, xususan, ilgari avtomobil olib qochmaganligi tekshirilishi qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0