Iqtisod

Oʻzbekistonda 1 noyabrdan dizel yoqilgʻisi arzonlashtirildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishToplivorazdatochnaya kolonka na avtozapravochnoy stantsii
Toplivorazdatochnaya kolonka na avtozapravochnoy stantsii - Sputnik Oʻzbekiston
“Oʻzbekneftgaz” AJga qarashli yoqilgʻi quyish shoxobchalarida 1 noyabrdan boshlab import dizel yoqilgʻisining narxi 6000 soʻmni tashkil etadi.

TOSHKENT, 1 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda 1 noyabrdan boshlab import dizel yoqilgʻisining narxi 6500 soʻmdan 6000 soʻmga arzonlashtiriladi.  Bu haqda “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Zapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnыx stantsiy. - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda Ai-92 benzin yana arzonlashadi

Taʼkidlanishicha, kompaniya neft mahsulotlarining narxini bosqichma-bosqich arzonlashtirmoqda. Jumladan, “Oʻzbekneftgaz” AJga qarashli yoqilgʻi quyish shoxobchalarida 1 noyabrdan boshlab import dizel yoqilgʻisi 6000 soʻmdan sotila boshlaydi.

“Biz doimiy ravishda aholiga sotilayotgan mahsulot narxini muntazam oʻrganib, tahlil qilib boramiz. Agarda mahsulot tannarxi pasaysa, uni sotish narxini, albatta, kamaytirish zarur, deb hisoblaymiz. Bundan keyin ham bu amaliyot davom ettiriladi», – deydi “UNG Petro” korxonasi direktori Mirzohid Musayev.

Avvalroq Ai-92 markali benzin narxi 15 sentyabrdan boshlab arzonlashtirilgani haqida xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala