Infografika

Davlat Byudjetida kimga koʻp mablagʻ ajratilgan?

Kelgusi yilgi Davlat Byudjeti defitsiti - 37,43 trln. soʻmni tashkil qilishi kutilmoqda. Shu bilan birga YAIM oʻsishi 5,1 %, inflyatsiya miqdori -9-10 % boʻlishi kutilmoqda.

Moliya vazirligi Oʻzbekiston 2021 yilgi davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonunni taqdim etdi. Unda koʻrsatilishiga koʻra keyingi yilgi davlat byudjetida jami daromadlar 178,5 trillion soʻm, xarajatlar - 215,95 trln. soʻm miqdorida belgilangan. Byudjet defitsiti 37,43 trln. soʻmni tashkil qilishi kerak. 

Davlat byudjetining xarajatlar boʻlimida eng katta qismi - Moliya vazirligi (54,3 trln.) koʻrsatilgan. Undan soʻng  Xalq taʼlimi  (22,1), Maktabgacha taʼlim vazirligi (5,4)  va Transport vazirligi (3,4). Shuningdek Maqsadli fondlarga oʻtkazmalar (15,8 trln.) va davlat qarzini qoplash (7,76 trln. soʻm) ham qayd etilgan.

FVV, IIV va Mudofaa vazirliklari xarajatlari byudjetda aks ettirilmagan. Batafsil infografikamizda tomosha qiling. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala