Kobuldagi universitet oldida otishma ro‘y berdi

© WAKIL KOHSAR / AFPAfganskie sili bezopasnosti
Afganskie sili bezopasnosti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Telekanal manbasining ma’lum qilishicha, portlash va otishma Afg‘oniston va Eron vakillari universitetda kitob ko‘rgazmasini ochayotgan vaqtda ro‘y bergan.

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi universitet oldida otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda “Tolo News” telekanali mamlakat IIV ma’lumotiga tayangan xabar qilmoqda.

Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonda jangarilar hujumi oqibatida 5 politsiya xodimi halok bo‘ldi

Xabarda yozilishicha, hodisa joyida portlash ovozi eshitilgan. U yerga politsiya xodimlari yuborilgan. Binoga qurollangan kishilar kirgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Telekanal manbasining ma’lum qilishicha, portlash va otishma Afg‘oniston va Eron vakillari universitetda kitob ko‘rgazmasini ochayotgan vaqtda ro‘y bergan.

Ta’kidlanishicha, hozircha hech qaysi guruh hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olmagan.

Yangiliklar lentasi
0