Dunyoda

Olimlar koronavirusga qarshi antitanachalarning saqlanish muddatini aniqladi

© AP PhotoIzobrajeniye koronavirusa SARS-CoV-2(oboznachen jeltыm tsvetom), kotorыy porajayet kletki cheloveka
Izobrajeniye koronavirusa SARS-CoV-2(oboznachen jeltыm tsvetom), kotorыy porajayet kletki cheloveka - Sputnik Oʻzbekiston
Mutaxassislar koronavirusning yengil yoki oʻrta shaklda boshidan oʻtkazgan 30 mingdan ziyod bemorlarning maʼlumotlarini oʻrganishdi.

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Koronavirus infektsiyasidan tuzalganlarda antitanachalar bir necha oy davomida saqlanib qolinadi. Bu haqda “Science” nashri amerikalik olimlar tadqiqotiga tayangan holda yozmoqda.

Protestы v Nyu-Yorke - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Koronavirus yuqtirib olish xavfini besh baravar kamaytiruvchi omil aytildi

Mutaxassislar koronavirusning yengil yoki oʻrta shaklda boshidan oʻtkazgan 30 mingdan ziyod bemorlarning maʼlumotlarini oʻrganishdi. Natijada ishtirokchilarning hammasida virusga nisbatan barqaror immun javob borligi aniqlandi.

Soʻngra olimlar ulardan 121 nafarining tahlil namunalarini tanlab olib, kuzatishda davom etishdi. Natijada olimlar organizmda barqaror antitanachalar besh oy davomida saqlanib qolganini aniqlashdi.

Shu bilan birga, tadqiqot mualliflari antitanachaning borligi koronavirusdan toʻliq himoyani kafolatlamasligini taʼkidlashmoqda, ammo yana bir marta yuqtirib olish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala