Saylovdan so‘ng AQShni Yevropa qo‘zg‘oloni kutmoqda

Obuna bo‘lish
Yevropa bundan buyon "yordamga muhtoj qiz bola" bo‘lishni istamaydi, u Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada o‘z taqdirini o‘zi hal qilishga tayyor.

“Sovuq urushda” qozongan g‘alabasidan so‘ng butun dunyo bir necha o‘n yillar davomida “AQShda yashash”ga majbur bo‘lgan edi.  

Yer yuzining har bir burchagida –Vyetnamning  eng chekka qishlog‘idan tortib And tog‘larigacha, Berlindan Gonkonggacha – Gollivud kinoga olish maydonchalarida yaratilgan madaniy timsollar, amerika shou-biznesi yulduzlari yaratgan musiqali kliplar jaranglab turdi.

Laboranti obrabativayut flakoni dlya novoy vaksini ot koronavirusa AstraZeneca - Sputnik O‘zbekiston
Vaksina qanchalik xavfli: AQSh javob talab qilyapti, Yevropa pulni sanayapti

Iqtisodiy nuqtayi nazardar vaziyat yanada yomonroq edi – oddiy fuqarolarning bundan xabari bo‘lmasa-da – dunyodagi savdo-sotiqning katta qismi uchun – dollarda hisob-kitob qilish kerak edi. Ikkala tomonning ham Amerkaga hech qanday aloqasi bo‘lmasa-da, valyuta operatsiyasi oxir oqibat AQSh banklari orqali o‘tardi.

Siyosiy ma’noda esa – mutlaq xukmronlik odatiy holga aylandi. Bu madaniy va iqtisodiy ustunlik natijasida kelib chiqdi. Gegemon – o‘z milliy manfaatlarini AQSh Davlat Departamentining biror mansabdor shaxsi ambitsiyalaridan ustun qo‘ygan, har qanday davlatni va uning hukumatini ikkilanmay yo‘q qilib tashlardi.

Darhaqiqat, Amerika uchun bu oltin asr bo‘ldi. Bugun Amerika ichida yuz berayotgan mojarolarning asl sababi ham shunda–  Amerika elitasi ushbu asrga qaytishni juda qattiq istamoqda. Sodda qilib aytganda, mojaro tomonlari ikki guruhga bo‘lingan: bir tomonda globalistlar - Amerika “ichki davlati” kuchlari va ularga qarshi antiglobalistlar (yoki iqtisodiy millatchilar) bo‘lgan Tramp va uning atrofidagilar. Psixiologik nuqtayi nazaridan aytilsa: Tramp tarafdorlari bo‘lgan realistlar va “oltin asriga” qaytishni istayotgan asabiy revanshist-fantazorlar, deyish mumkin.  

Tramp trafdorlari, Grenlandiyani sotib olish va Meksika orasida devor qurish, kabi ekzotik tashabbuslarga qaramasdan, Amerikaning “oltin asri”  tugaganini yaxshi tushunishadi. Ular hech bo‘lmasa amerikaning “Pax Americana” deb ataluvchi an’anaviy qadriyatlarini saqlab qolish va Xitoy buyuk davlatga aylanib ketmasligi uchun unga qaqshatgich zarba berishni – o‘zlariga maqsad qilib olgan.

Podgotovka trub na bortu sudna Solitaire, dlya posleduyushey ukladki gazoprovoda «Severniy potok-2» v Finskom zalive - Sputnik O‘zbekiston
“Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanksiyalar Yevropa manfaati yo‘lida qabul qilindi – AQSh elchisi

Davlat Departamenti va Bayden shtabida yashayotgan revanshist-fantazerlar esa, bir umr kimdandir xafa, doimo urush boshlashga tayyor bo‘lgan AQSh sobiq  ma’muriyati vakillaridir. Ularga Obamaning “kechirilmas yumshoqligi” va Tramp davridagi “rahbarsizlikni” tuzatsa – hammasi yana yaxshi bo‘ladi: dunyo Amerika “Yerning kindigi”, Jahon hukmdori  bo‘lgan 2012 yoki 2013-yillarga qaytadi.  Ularning tasavvurida Amerika qadimgi Rimning yoki Vavilonning –  “Tog‘ ustida nur sochib turgan” zamonaviy muqobiliga aylanishi mumkin.

Bugungi mojaroning final bahsi – prezident saylovlari arafasida revanshist-fantazorlar  lagerida bir achchiq haqiqatni tushunib yetishdi: Bayden jamoasining Amerika buyukligini tiklash borasidagi istiqbollari haqida o‘ylar ekan, ular uchun og‘ir va hatto haqoratli bo‘lgan real hayot bilan to‘qnash keldilar: ma’lum bo‘lishicha dunyoda boshqa hech kim 2006 yoki 2012-yilga qaytishni istamas ekan. Gap nafaqat Rossiya yoki Xitoy haqida, balkim Yevropa Ittifoqi ham shular jumlasidan. Yevropa ham kuchli va haqiqatgo‘yy Vashingtonlik hukumdorni kutayotgani yo‘q.   

Ana shunday fikrlar - dunyoning avvalgidek bo‘lmasligi haqidagi gumonlar hech qachon yetib bormaydigan va Amerika ichki davlatining “buyuk”ligidan hech ikkilanmaydigan – AQSh asosiy oqim OAVlari redaksiyalariga hem yetib borgan.

AQSh uchun yoqimsiz bo‘lgan, Yevropa yuqori lavozimli ekspertlari va amaldorlarining rasmiy nuqtayi nazari ma’lum bo‘lganidan so‘ng, okean ortidagi jurnalistlar hali-hanuz barcha muvaffaqiyatsizliklarni Tramp bilan bog‘lashga harakat qilishmoqda. Lekin ular, saylov natijalari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, Yevropa Ittifoqi AQShga qaramlikdan mustaqil bo‘lishga harakat qilishini tan olmoqda.

Xranilishe nefti - illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Yevropa va AQSh Saudiya neftidan voz kechmoqda - OAV

“Tramp saylovda yutqizgan taqdirda ham, Yevropa siyosatchilardan kamdan-kam qismi, dunyo oldingi, Tramp NATO va YeIga qarshi chiqqangacha bo‘lgan davrga qaytishiga ishonadi. Yevropaliklar oldingidek AQShga qaram bo‘lishlariga ishonmaydi. Ular Vashington bilan yoki usiz harakat qilishga tayyor. <...>  Xullas Yevropa o‘z qurolli kuchlarini kuchaytrish niyatida. Ular, o‘zlariga AQShdan ko‘ra yaqinroq bo‘lgan, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq xavfsizligi uchun o‘zlariga kattaroq javobgarlikni olishga tayyor. 2015-yilda Eron bilan yadroviy bitim tuzganlar uni saqlab qolishni istaydi. Ayrim siyosatchilar YeIni AQSh va Xitoy bilan teng kuchli bo‘lgan, lekin ularning hech birining tarafdori bo‘lmagan, uchinchi global davlat sifatida olg‘a surishni istaydi.

“Tobora rahmsiz bo‘lib borayotgan dunyoda Yevropa, vanihoyat, o‘zining go‘llik va begunohlik davridan chiqib - o‘z taqdirini o‘zi hal qilishi kerak”, - dedi yaqinda Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian Fransiyaning Yevropadagi elchilariga. – Aks holda uning taqdiri boshqalar hal qiladi”, - deb yozadi The Washington Post.

Albatta yuqorida aytilganlarning barchasini Emmanuel Makron va uning jamoasi xatosi deyish mumkin. Ular so‘nggi vaqtlarda o‘z shaklini yo‘qotgan Yevropa Ittifoqidan o‘zlari boshchiligida federatsiyasimon bir davlat yasashga urinmoqda. The Washington Post yozishiga ko‘ra, Parijda ham Berlinda ham geosiyosiy va harbiy mustaqillik bugungi kunda rusm bo‘lmoqda. Bu sharoitda

Brexit Yeropa rahbarlari uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi.

Ular, YeIda Vashington nazoratchisi bo‘lgan Londondan xalos bo‘lib, Yevropani yanada kengroq mustaqillik sari yetaklashlari mumkin.

Bunday tendensiya yevropaliklar tomonidan Vashington talablarini surbetlarcha inkor qilish bilan namoyon bo‘lmoqda. The Washington Post yozishiga ko‘ra, Germaniya siyosatchilari quyidagi fikrlarni bildirmoqda:

Kupura yevro - Sputnik O‘zbekiston
Visa o‘rniga PEPSI - Yevropa AQSh moliyaviy nazoratidan qutulmoqchi

“AQSh Yevropa qiyofasida yordamga muhtoj qiz bolani emas, kuchli hamkorni ko‘rishi uchun - Yevropaning o‘zi jur’atli tashabbuslar bilan chiqishi kerak”, - dedi Berlinda dushanba kuni Germaniya mudofaa vaziri “o‘nglar” vakili Annegret Kramp-Karrenbauer.

“Ostonamizda sodir bo‘layotgan mojarolardan o‘zimizni o‘zimiz xalos qilish imkoniyati – bu o‘z xavfsizligimiz uchun muhimdir. Amerikadagi saylovlardan so‘ng, kim g‘olib bo‘lishidan qat’iy nazar, buning ahamiyati yanada ortadi”, - dedi tashqi ishlar vaziri, “chap qanot” tarafdori Xayko Maas yakshanba kuni Welt am Sonntag nashriga.

Aytish joizki AQSh hech qachon Yevropani “teng hamkor” sifatida qabul qilmagan. Kim prezident bo‘lishidan qat’iy nazar Vashingtonga faqat “qullar” yoki Germaniya mudofaa vaziri aytganidek “xavf ostida qolgan qiz bola” kerak. Uni qutqarishni va’da bergan holda Vashington uni siyosiy , madaniy va iqtisodiy tomondan istaganicha “zo‘rlashi” mumkin.

Bugun Vashingtonda hatto eng optimist bo‘lgan orumandlar ham Yevropada hech kim oq “Abrams” mingan qahramonni kutmayotgani fahmlamoqda. Saylovdan so‘ng Amerikani ana shunday “sovuq qabul” va ertaklarga hech o‘xshamagan reallik kutmoqda.  

Yangiliklar lentasi
0