MQKQ fermerlardan qo‘shimcha mablag‘ undirilishga qarshi chiqdi

© Sputnik / Said Tsarnayev / Mediabankka o‘tishFermerskoe xozaystvo
Fermerskoe xozaystvo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Monopoliyaga arshi kurashish qo‘mitasi fermer xo‘jaliklarining yillik umumiy daromadining 0,5 %ini Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltirish taklifiga qarshi chiqdi.

TOShKENT, 3 noya - Sputnik. O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi chorvachilik fermer xo‘jaliklaridan qo‘shimcha mablag‘ undirishni joriy etilishiga e’tiroz bildirildi, deb xabar qilmoqda Qo‘mita matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan yangi qonun loyihasida 2021 yilning 1-yanvaridan boshlab chorvachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklaridan yillik umumiy daromadining 0,5 foizi miqdorida yig‘im undirilishi va uni ushbu qo‘mita huzuridagi "Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasiga" yo‘naltirish belgilangan. 

"Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ushbu qonun loyihasini o‘rganib chiqib, tegishli tartibda loyihaga o‘z taklif va e’tirozlarini yubordi", - deyilgan xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, “Fermer ho‘jaliklari to‘g‘risida”gi Qonunga asosan fermer xo‘jaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablag‘larini saqlab turish uchun bank muassasasida hisobvaraqlar ochish va bu mablag‘larni erkin tasarruf etish huquqiga ega. Fermer xo‘jaligining hisob-kitob varag‘idan mablag‘larni faqat fermer xo‘jaligi boshlig‘ining roziligi bilan yoki sudning qaroriga binoan hisobdan chiqarish mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot sifatida shuni aytish mumkin-ki, 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan Strategiyasining 4-bo‘limi hamda “Yo‘l xaritasi”ning 129-bandida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzurida “O‘zchorvasug‘urta” sug‘urta fondini tashkil etish ko‘rsatilgan.

 

 

Yangiliklar lentasi
0