Rossiya bosh razvedkachisi bilan intervyu

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishP/k predsedatelya Rossiyskogo istoricheskogo obshestva S. Narishkina
P/k predsedatelya Rossiyskogo istoricheskogo obshestva S. Narishkina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Tashqi Razvedka xizmati yubileyi arafasida Dmitriy Kiselev Sergey Narishkin bilan suhbat qildi.

2020 yilning 20-dekabr kuni Rossiya Tashqi razvedka xizmati (TRX) o‘zining 100-yillik yubileyini nishonlaydi. Ushbu muhim sana arafasida “Rossiya Segodnya” XAA bosh direktori Dmitriy Kiselov TRX direktori Sergey Narishkin bilan suhbat qildi.

- Sergey Yevgenyevich, aytishlaricha, 70-yillarda MRB koridorlarida bosh raqib sifatida Yuriy Andropovning portreti osib qo‘yilgan ekan. Nima deb uylaysiz, hozir u yerda sizning portretingiz bormi? Rossiya Tashqi razvedka xizmati hozir dunyoda eng yaxshi razvedka deyish mumkinmi?
- Menimcha, u yerda portretim yo‘q, lekin mening va Rossiya TRXning barcha direktorlarining batafsil dosyelari borligi aniq.

Aksii protesta v Kishineve - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Moldaviya uchun "inqilobiy" ssenariy tayyorlamoqda – Narishkin

Rossiya razvedkasi bugungi kunda, obyektiv nuqtayi nazardan, dunyoning eng kuchli, eng samarali 5 razvedkalari qatoridan o‘rin olgan. Gap shundaki, har qanday razvedka o‘z tarixi va tajribasiga tayanadi. Bizning razvedka maktabimiz dunyoning yetakchilaridan biri hisoblanadi. Bu xuddi rus baleti yoki sovet, rus matematiklari maktabiga o‘xshaydi.

Siz Yuriy Vladimirovich Andropovni esladingiz, u kishi bizning xizmat uchun juda muhim qaror qabul qilinishida ishtirok etgan. TRX oldin KGBning Birinchi bo‘limi deyilar edi. Aynan Andropovning tashabbusi bilan 70-yillarda Birinchi bo‘lim shtab-kvartirasi shahar markazidan Yasenevoga, tabiat qo‘yniga ko‘chirildi. Bu bizga insoniy va texnologik potensialni rivojlantirishga imkon berdi. Oradan 50-yil o‘tgan bo‘lsada, ushbu potensial hali oxiriga yetgani yo‘q.

- Hozirgi kunda ochiq ma’lumot manbaalari juda ko‘p. Kerakli axborotning katta qismi ana shunday manbaalardan jamlanmoqda. Razvedka xizmatiga ehtiyoj yo‘qolib borayapti deyish mumkinmi?

- Ha, gapingiz bir tomondan to‘g‘ri, hozir OAV va Internetdan juda ko‘p ma’lumot topish mumkin, lekin hukumat tomonidan biror qaror qabul qilishda javobgarlik darajasi juda yuqori. Shuning uchun, bunday ma’lumot quyidagi talablarga javob berishi kerak: dolzarb, ishonchli va to‘liq bo‘lishi kerak. Shu sababli ma’lumotni qayta tekshirish va turli manbaalardan olib tekshirish kerak bo‘ladi.

Voyenniy konflikt v Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston
Tog‘li Qorabog‘ga minglab jangarilar kelmoqda - Narishkin

Umuman razvedka har qanday davlatda hukumat tomonidan biror qaror qabul qilish uchun qo‘shimcha ma’lumot manbai hisoblanadi. Ko‘p hollarda bunday ma’lumot hali odamlar boshida, qog‘oz yoki elektron manbaalarga ko‘chirilmagan bo‘ladi. Razvedkadan ana shunday axborotni jamlash talab qilinadi. Shu sababli, razvedka xizmati, xuddi jurnalist kasbi kabi – yo‘q bo‘lib ketmaydi. Siz bilan biz hali o‘nlab yillar kerak bo‘lamiz.

- Tashqi razvedkada xizmat qilish uchun nomzod qanday talablarga javob berish kerak?

- Rossiya TRXga har qanday 30 yoshga to‘lmagan yigit ishga kirishi mumkin. Buning uchun muassasa saytida onlayn anketa bor. U yerda hammasi yozilgan. Albatta nomzod haqida barcha ma’lumotlar sinchiklab tekshiriladi. Taqdim etilgan hujjatlardan boshlab ijtimoiy tarmoqlardagi ruhiy portretiga qadar.

- Xorijliklarni ishga yollash haqida gap ketganda. Rossiya TRXda ishlash uchun ularda qanday motivatsiya bo‘lishi mumkin? Faqat moddiy tomon bo‘lmasa kerak? “Kembrij beshligi” kabi g‘oyaviy tarafdorlar ham bo‘lsa kerak?

- Bu savolingiz juda qiziq. G‘oyaviy asos va g‘oyaviy motivlar – bu juda keng tushuncha. Bu nafaqat davlat va jamiyat tuzumi, balkim xalqaro siyosatga munosabat, madaniy, gumanitar va oilaviy qadriyatlar ham bo‘lishi mumkin.

P/k predsedatelya Rossiyskogo istoricheskogo obshestva S. Narishkina - Sputnik O‘zbekiston
Tashqi razvedka rahbari afsonaviy razvedkachilar ismini oshkor qildi

Menga ishoning, dunyoda aqlli, mustaqil fikr yuritadigan hamda Rossiya tomonidan olib borilayotgan insoniy qadriyatlarni himoya qilish, tinchlikparvar siyosat yuritish va kerak bo‘lganda kuchsizlarni himoya qilish tarafdori bo‘lgan odamlar juda ko‘p. Umumiy qilib aytganda oq-qorani yaxshi taniydigan kishilar ko‘p va ular yaxshilik tomonida bo‘lishni istaydi.

- Sovet davrida “bosh raqib” degan tushuncha bo‘lardi. Hozir ham bormi ?

- Razvedka faoliyatiga doir ROssiya qonunchilgida bunday tushuncha yo‘q. Umuman bizning tashqi razvedkamiz hech kimga qarshi qaratilmagan. Biz faqat o‘z mamlakatimiz manfaatlarini himoya qilamiz va davlatimiz va fuqarolarimizni tashqi xavlardan himoya qilamiz. Shuningdek tashqi vakolatxonalarimizni ham.

Ha, Rossiyaning eng kuchli raqibi – bu albatta AQSh. MRB – dunyodagi eng kuchli razvedkalardan biri, shu sababli bizning asosiy raqiblarimiz ushbu tashkilotdagi hamkasabalarimiz. Lekin xalqaro terrorchilikka qarshi biz ular bilan birgalikda kurashamiz.

- Rossiya razvedkasi tarixida birinchi raqam kim bo‘lganini ayta olasizmi?

Buni aytish juda qiyin, chunki razvedkada shablonlar bo‘lmaydi. Har bir operatsiya – takrorlanmas. Shu sababli eng-eng razvedkachini tanlab olish mushkul. Birinchi bo‘lib esga keladigan ismlar Aleksey Kozlov, Gevork Vartanyan, Rudolf Abel va boshqalar. Ular 100dan ortiq.

- Bu yil TRXning 100-yilligi Ikkinchi jahon urushi G‘alabasining 75-yilligiga to‘g‘ri keldi. Aytingchi, Shtirlisning prototipi bo‘lganmi?

- Albatta “Shtirlis” - bu jamlanma obraz. Uning prototiplaridan biri Gestaponing yuqori martabali ofitseri Villi Leman bo‘lgan deyishadi. U SSSRga juda ko‘p qimmatli ma’lumotlarni yuborishga muvafaq bo‘lgan, lekin 1942-yilda otib tashlangan.

- O‘z chiqishlaringizdan birida, siz “Biz hali ham Yalta-Postdam shartnomalari asosida yashayapmiz” degan edingiz. Lekin ayrim G‘arb davlatlari tomonidan xalqaro huquq normalarini toptashga urinishlar ko‘p bo‘lmoqda. Bu borada nima deysiz?

- So‘nggi voqealarga nazar solsak G‘arbiy markaz bo‘lgan dunyo tizimi buzilib bormoqda. AQShda notinchliklar sodir bo‘lmoqda. Yeropa Ittifoqi ham krizis ichida. Bunday vaziyatda ular o‘z uylarida tartib o‘rnatish o‘rniga dunyoning boshqa nuqtalarija xaos uyushtirishga harakat qilishmoqda.

Gerb SShA so spratannim vnutri juchkom Lva Termena  - Sputnik O‘zbekiston
"Troya burguti" yoki AQSh elchisi kabinetida 7-yil ishlagan "juchok" haqida

Ularni Yevroosiyo Ittifoqidagi YeOII, ShHT, KXShT kabi integratsion jarayonlar juda ham qo‘rqitmoqda. Taniqli analitika agentligi RAND tomonidan o‘tgan yili e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, Ukraina harbiy potensialini kuchaytirish, Belarus hukmatini almashtirish, Kavkaz, Dnestr oldi va Markaziy Osiyo hududida tartibsizliklar uyushtirish - AQSh manfaatlariga javob beradi.

Rossiya – Xitoy yoki Rossiya – Germaniya hamkorligi esa – Britaniya geopolitikasi uchun dahshatli tushdek gap. Shu sababli ham AQSh “Shimoliy oqim-2”ning ishga tushishiga jon jahdi bilan qarshilik qilmoqda. Ular xuddi shu ishlarni Rossiya – Xitoy hamkorligini buzish uchun ham amalga oshirishmoqda. Lekin bizning davlatlarimiz rahbariyati buni aniq his qilib turishibdi va belgilangan siyosatni olib borishmoqda.

- Intenetda shunday hazil bor: “Nega AQShda “rangli inqilob” bo‘lishi mumkin emas? Chunki u yerda AQSh elchixonasi yo‘q. Siz nima deb o‘ylaysiz bugungi kunda AQShda bo‘layotgan tartibsizliklarni “rangli inqilob” deyish mumkinmi? U yerda prezident saylovidan keyin nima bo‘ladi?

- AQShda irqiy sababli bartibsizliklar doimo bo‘lib turgan. 1992-yilda Los-Anjelesda ana shunday tartibsizliklar oqibatida 60 kishi qurbon bo‘lgan edi. Lekin bugungi tartibsizliklar qora tanli fuqaro o‘ldirilishidan boshlangan bo‘lsa-da, aslida prezident saylovida ishtirok etayotgan ikkala tomon ham undan o‘z foydasiga ishlatishga harakat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari bilan suhbatlashdi

Bizning xulosaga ko‘ra, saylodan so‘ng ham kim g‘alaba qozonishidan qat’iy nazar ijtimoiy krizis kuchayib boradi. Saylovda yutqizgan tomon natijalarga rozi bo‘lmasligi aniq. Bu esa yanada ko‘proq radikallar ko‘chaga chiqishiga olib kelishi mumkin.

Bulletenlar pochta orqali yuborilayotgani uchun ovoz sanash ham ancha cho‘ziladi, ko‘p xato va noaniqliklar, tortishuvlar bo‘ladi. Bularning barchasi saylov natijalarini tan olmaslik uchun – katta asos bo‘lishi mumkin.

AQSh bugungi kunda dunyodagi eng yirik iqtisodiy va harbiy davlat bo‘lgani uchun ushbu mojaro so‘zsiz boshqa davlatlarga ham zarar yetkazishi mumkin, lekin biz bundan qo‘rqmaymiz. Rossiya va yana bir necha davlatlar sobiq gegemonsiz ham xalqaro muammolarni hal qilish tajribasiga ega.

- Xitoy razvedkasi bilan ham hamkorlik qilasizlarmi? Ularni qanday baholaysiz?

- Xitoy razvedkasi ham dunyodagi beshta eng kuchli razvedkalar qatoridan o‘rin olgan. Biz ularga katta hurmat bilan qaraymiz. Kerakli joyda ulardan o‘rganamiz ham.

Biz ular bilan terrorchilarga qarshi kurash borasida, ayrim qaynoq nuqtalardagi vaziyatni tahlil qilish borasida hamkorlik qilamiz. Ko‘p hollarda ikki tomona tahlili mos tushadi.

Yangiliklar lentasi
0