Rossiyaga AQShning qaysi prezidenti foydali?

© AP Photo / Jeff ChiuDebati prezidenta Donalda Trampa i kandidata v prezidenti ot Demokraticheskoy partii Djo Baydena
Debati prezidenta Donalda Trampa i kandidata v prezidenti ot Demokraticheskoy partii Djo Baydena  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika saylovlari yakunlarining Rossiyaga nima daxli bor? Axir 3-noyabr kuni kim g‘olib bo‘lsa ham ikki mamlakat munosabatlarida jiddiy o‘zgarish ro‘y bermaydi, deya yozadi RIA Novosti kolumnisti.

Amerika saylovlari yakunlarining Rossiyaga nima daxli bor? Axir 3-noyabr kuni kim g‘olib bo‘lsa ham ikki mamlakat munosabatlarida jiddiy o‘zgarish ro‘y bermaydi. AQShning o‘zidagi notinchlik Tramp g‘alabasi yoki mag‘lubiyatidan qat’i nazar kuchayadi. Shunday ekan keyingi to‘rt yilda AQSh prezidenti kim bo‘lishining bizga nima farqi bor.

Saylovdan so‘ng AQShni Yevropa qo‘zg‘oloni kutmoqda

Bu Rossiya eng ko‘p tarqalgan nutqai nazar – biroq ildizi noto‘g‘ri.

AQSh tizimli inqiroz davriga qadam qo‘ydi. Buning ustiga bu bir vaqtning o‘zida ularning ham ichki inqirozi, ham ular atrofida qurilgan tinchlik tartibi, globalizatsiyaning atlantik modeli inqirozi. Bu jarayonlarning muddati va tezligini oldindan aytish mushkuldir. Lekin shubhasiz, ular bir-biriga o‘zaro aloqador va bir-biriga quvvat berib turadi.  Shu bois Rossiyaga AQShdagi ishlar vaziyati befarq emas – axir bu ularning dunyo maydonidagi xulq-atrofi, muomalasiga bog‘liq.

Bizga parchalangan va notinchlikka cho‘mgan AQSh foydariroq deb o‘ylash juda soddalik bo‘lgan bo‘lardi. Chunki notinchlikning notinchlikdan farqi bor - XIX asrdagi qonli fuqarolar urushidan Amerika, aslida, mustahkam bo‘lib chiqdi va yarim asr o‘tib dunyo hukmronligi sari yo‘l oldi.

Kandidat v prezidentiSShA ot Demokraticheskoy partii Djo Bayden vo vremya debatov, organizovannix CNN / New York Times v Universitete Otterbeyn. 15-oktabrya 2019   - Sputnik O‘zbekiston
Bayden Rossiyani AQSh uchun asosiy tahdid deb hisoblaydi

Hozir, albatta, vaziyat boshqacha, lekin AQShda ichki muammolar o‘sishining deyarli muqarrarligi ularning geosiyosiy yuqorilikdan tezda ketishini anglatmaydi. Amerika chekinishda davom etadi – lekin bizga muhimi u tashkillashtirilgan, ongli xarakterga ega bo‘lishidir. Chunki bu holatda “bugun Vashington mag‘lub bo‘ldi, ertaga esa kontrhujumga o‘tadi va tasodifan yadro urushini uyushtiradi” seriyasidagi tartibsiz, telba-teskari xatti-harakatlar ehtimoli qamroq.

Rossiyaga, albatta, Shtatlar o‘zi bilan o‘zi ko‘proq shug‘ullanishi foydali. Lekin muammo shundaki, Trampning barcha raqiblarini qo‘rqitayotgan janjal, hoynahoy, aynan uning mag‘lubiyatida ro‘y beradi. Qolaversa, agar amaldagi prezident mag‘lub bo‘ldi deb e’lon qilishsa, qayta saylanishga qaraganda parchalanish yanada jiddiyroq bo‘ladi: uning tarafdorlari Baydenning adolatli g‘alabasiga ishonishmaydi. Amerika ikkiga bo‘linadi – lekin Trampning mutlaqo samimiy tarafdorlarini juda ko‘p bo‘lsa, Baydenda ular shunchaki yo‘q. Unga Tramp raqiblari ovoz beradi – Amerika elitasi va mediasi to‘rt yil bu “dahshatli gomofob, seksist va fashist” bilan qo‘rqitganlarning barchasi. Shuning uchun Tramp AQShdagi katta ichki xatarlarga ega, buning ustiga Bayden ma’muriyatining tashqi siyosati Rossiyaga kam foydali bo‘ladi.

Kandidat v prezidenti SShA Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Bayden mag‘lubiyatini ruslarga ag‘darish qo‘ldan kelmaydi

Bayden yangi urush boshlamaydi va yangi sanksiyalar kiritmaydi. Gap hatto u Rossiyani allaqachon uning saylanishiga xalal berishda urinishda ayblaganida ham emas – o‘g‘lining kompyuteri qattiq diskidagi materiallarning chop etilishi bilan. U shunchaki avvalgi amerikacha siyosatni yuritishga qaytadi. Buni elitaning shaylangan bir qismi xohlamoqda: Amerika xalqlarni o‘tlatishi va global atlantik loyihani qurishda davom etishi kerak. Xo‘sh, u muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo‘lsa nima bo‘libdi, ular bunday deb hisoblamaydi, halichaga buni tuzatish mumkin deb ishonishadi.

Bu Amerika uchun halokatli yo‘l (ham milliy davlat, ham atlantik tinchlik tartibi nuqtayi nazaridan). Biroq Bayden, ya’ni amerika isteblishmenti unga mamlakatni qaytarishga urinadi, u bilan esa qolgan butun dunyoni. Baydenning yo‘nalishni o‘zgartirishi mushkul bo‘lishi ravshan, ustiga ustak uning ma’muriyati asosan yanada og‘irroq ichki siyosiy muammolarga ko‘miladi.

Shuning uchun Trampning qayta saylanishi dunyoga foydaliroq bo‘lib tuyuladi. Buning ustiga har ikki variantda. Agar Trampning g‘alabasi AQShda mutassil va chuqur (parchalanishga qadar) inqirozga olib kelsa, Amerika zaiflashadi – u o‘zi bilan o‘zi qanchalik uzoq shug‘ullansa, sayyora shunchalik hokimiyat taqsimlanishining yangi tizimi, yangi, postamerika muvozat kuchi sari siljiydi. AQShning to‘liq parchalanishi va yadroviy davlat boshqaruv tizimining vayron bo‘lishi varianti eng xavfli bo‘lishi mumkin, lekin bunday ssenariy o‘rta muddatli istiqbolda mutlaqo ehtimoldan uzoq.

Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov: Rossiya har qaysi saylangan AQSh prezidenti bilan ishlaydi

Agarda g‘alabadan so‘ng Tramp hujumlarni qaytarib, hukumatni saqlab qolsa, uning ikkinchi muddati birinchisiga qaraganda yanada kutilmagan bo‘ladi. Hatto kongress ustidagi nazoratni qo‘lga olmay, u yanada mustaqil siyosatni olib boradi – ham turli mamlakatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarda, ham umuman xalqaro maydonda. Avvalgidek u bosim o‘tkazadi, qat’iylik bilan tortishadi. Lekin kelishish osonroq bo‘ladigan bo‘ladi.

Eng asosiysi – Trampning qayta saylanishi nafaqat atlantchilarning umidlarini puchga chiqaradi. Ular 2016-yil shunchaki tasodif bo‘lgani va boy berilganlarni osonlik bilan ortga qaytarish mumkinligiga ishonishadi. U Amerika ittifoqdoshlari va butun dunyo bo‘ylab malaylari kayfiyatini o‘zgartiradi. Amerika hech qachon ilgariday bo‘lmaydi, demakki, ham u bilan, ham umuman xalqaro maydonda munosabatlarning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish zarur.

Yangiliklar lentasi
0