Siyosat

Mirziyoyev yangi SSV rahbarini tayinladi

© Press-slujba Minzdrava UzbekistanaMinistr zdravooxraneniya Abduxakim Xadjibayev
Ministr zdravooxraneniya Abduxakim Xadjibayev - Sputnik Oʻzbekiston
Prezidentning tegishli farmoni bilan Abduhakim Xadjibayev Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri etib tayinlandi.

TOSHKENT, 4 noya — Sputnik. Abduhakim Xadjibayev sogʻliqni saqlash vaziri etib tayinlandi.

“Prezidentimizning tegishli farmoni bilan Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan Xadjibayev Abduhakim Moʻminovich Sogʻliqni saqlash vaziri etib tayinlandi”, - deyilgan SSV xabarida.

Tibbiyot fanlari doktori, professor Abduhakim Xadjibayev oʻz faoliyatini oddiy xirurglikdan boshlab,  soʻnggi yigirma yil davomida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori, Shoshilinch tibbiy yordam vrachlar assotsiatsiyasi raisi, Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari va uch bor Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

2003 yil “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi” unvoni hamda 2020 yil "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq  deputatlar Abduhakim Xadjibayev  nomzodini sogʻliqni saqlash vaziri lavozimiga maʼqullagani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala