Video

Niderlandiyada haykal poyezdni halokatdan qutqarib qoldi – video

Niderlandiyaning Speykenisse shahrida “Kitlar dumi” haykali metro poyezdining suvga qulashidan saqlab qoldi.

Speykenisse shahrida metro poyezdi haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida stantsiyadagi toʻsiqlardan oʻtib, kanaldan 10 metr balandlikda kitlarning dumlari aks etgan ulkan haykallarda turib qoldi.

Haydovchi poyezdni bir amallab tark etishga muvaffaq boʻlgan, yoʻlovchilar esa bu paytda poyezdda boʻlishmagan.

“Kitlar dumi» haykali golland arxitektori Maarten Struys tomonidan poliestrdan yasalgan. U 2002 yilda metro stantsiyasi yoʻlining oxiridagi suv havzasiga oʻrnatilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala