Samarqandda korxona ishchisi direktorning “Traiblazer”ini o‘g‘irlashga urindi

Obuna bo‘lish
Janjal vaqtida “Jomboy don mahsulotlari” AJ yuk haydovchisi qora rangli “Traiblazer” mashinasini olib qochishga urindi. Hozir u hibsga olingan.

TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Samarqandda Traiblazer” rusumli xizmat avtomobilini o‘g‘irlashga uringan fuqaro ustidan jinoiy ish ochildi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, “Jomboy don mahsulotlari” AJ direktori Q.Sh. IIBga korxona haydovchisi A.B. qora rangli “Traiblazer” mashinasini olib qochishga uringani to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilgan.

V Samarkande sotrudnik avtomoyki ugnal mashinu kliyenta - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda “avtomoyka” xodimi mijozning mashinasini olib qochdi

A.B. ishchilar tortishuvi vaqtida “Traiblazer”ning eshigi ochiqligi va kaliti o‘zida turganligidan foydalanib, avtomashinani olib qochmoqchi bo‘lgan.

Ammo qo‘riqchilar chiqish darvozalarini berkitib qo‘yilganligi sababli avtomobilni olib qocha olmay, boshqaruvni yo‘qotgan. Keyiin korxonaning ta’mirlash ishlari olib borilayotgan qismiga to‘qnashib, avtomashinaga shikast yetkazadi va voqea joyidan qochib ketadi. 

Ta’kidlanishicha, AJ direktori Q.Sh. janjalni ajratishda ishtirok etib, yengil tan jarohati olgan.

Mazkur holat bo‘yicha A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Yangiliklar lentasi
0