“Tashkent City” hududida yong‘in chiqdi

© Sputnik / Natalya Gorshkova / Mediabankka o‘tishTushenie pojara
Tushenie pojara - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yong‘in oqibatida 15 kv. metr. maydonda ustalarning qurilish jihozlari zarar ko‘rgan. Yong‘indan jarohat olgan hamda vafot etgan fuqarolar yo‘q.

TOShKENT, 4 noya — Sputnik. “Tashkent City” hududidagi qurilayotgan binolarning birida qurilish jihozlari saqlanayotgan  15 kv.metr maydonda  yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, 4-noyabr kuni soat 15:37 da Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasida qurilish ishlari olib borilayotgan “Tashkent City”ning 7-lotida 6 qavatli yangi qurilayotgan binoning 3-qavatida ishchi-xizmatchilarning vaqtincha foydalanayotgan omborxonasida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

© Press-slujba MChS UzbekistanaNa territorii Tashkent City proizoshel pojar
“Tashkent City” hududida yong‘in chiqdi - Sputnik O‘zbekiston
Na territorii Tashkent City proizoshel pojar

Mazkur holat yuzasidan shahar FVB yong‘in o‘chirish ekipaji soat 15:42da voqea joyiga yetib borib, soat 15:52da to‘liq bartaraf etilgan.

© Press-slujba MChS UzbekistanaNa territorii Tashkent City proizoshel pojar
“Tashkent City” hududida yong‘in chiqdi - Sputnik O‘zbekiston
Na territorii Tashkent City proizoshel pojar

Yong‘in oqibatida 15 kv. metr. maydonda ustalarning qurilish jihozlari zarar ko‘rgan. Yong‘indan jarohat olgan hamda vafot etgan fuqarolar yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0