Dunyoda

Tramp undan saylovdagi gʻalabani oʻgʻirlashlariga yoʻl qoʻymasligini aytdi

© AFP / SAUL LOEBDonald Tramp
Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻz navbatida, AQSH Demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Jo Bayden amerikaliklarga telemurojaatda saylovda gʻalaba qozonishiga ishonchi komilligini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 4 noya — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp undan saylovlardagi gʻalabani oʻgʻirlashga urinishayotganini maʼlum qildi.

“Biz katta koʻtarilishdamiz, lekin ular saylovlarni oʻgʻirlashga urinishmoqda. Biz ularga hech qachon bunday qilishga imkon bermaymiz”, - deya yozdi Tramp Twitterʼda.

Tramp vs Bayden: sravnivayem glavnыx pretendentov na ovalnыy kabinet  - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Tramp vs Bayden: Oq uyga daʼvogarlar haqida maʼlumotlar

Shuningdek, u uchastkalar yopilgandan keyin ovoz berish mumkin emasligini taʼkidladi.

Oʻz navbatida, AQSH Demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Jo Bayden amerikaliklarga telemurojaatda saylovda gʻalaba qozonishiga ishonchi komilligini maʼlum qildi.

Bayden saylov natijalari “chorshanba kuni ertalab yoki undan kechroq ham” maʼlum boʻlmasligini qoʻshimcha qildi.

3 noyabr kuni AQShda prezident saylovlari boʻlib oʻtdi. Hozirda ayrim shtatlardagi ovozlar hisoblanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala