Bayden “o‘tish davri saytini” ishga tushirdi

© AFP 2023 / ANGELA WEISSDjo Bayden
Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jo Bayden hali saylovchilar hay’atining yetarlicha ovozini to‘plamaganiga qaramasdan prezidentlikka tayyorlanish uchun “o‘tish davri saytini” ishga tushirdi.

TOShKENT, 5 noya — Sputnik. AQSh Demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Jo Bayden amaldagi prezident Donald Trampdan hukumat topshirilishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun “o‘tish davri saytini” ishga tushirdi. Biroq u hali saylovchilar hay’atining  (Electoral College) yetarli bo‘lgan 270 ta ovozini to‘plamagan.

Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp undan saylovdagi g‘alabani o‘g‘irlashlariga yo‘l qo‘ymasligini aytdi

“Amerika xalqi AQShning keyingi prezidenti kim bo‘lishini aniqlaydi. Mamlakatning bir necha shtatlarida hozirgacha ovozlar hisoblab chiqilmoqda. Mamlakat yuz tutgan inqiroz jiddiy – pandemiyadan iqtisodiy tanazzulgacha, iqlim o‘zgarishidan irqiy adolatsizlikkacha.  Bayden-Xarris ma’muriyati ishga birinchi kun kirisha olishi uchun o‘tish davri jamoasi to‘liq tayyorlanmoqda”, - deyiladi sayt bayonotida.

Saytda faqat bitta xabar va Baydenning suratini ko‘rish mumkin.

Sloveniya bosh vaziri Trampni AQSh prezidenti lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi

Yetakchi Amerika telekanallarining hisob-kitobiga ko‘ra, prezident saylovlarida Bayden yetakchilik qilmoqda. Uzil-kesil g‘alaba uchun yana saylovchilar hay’atining  oltita ovozini olishi zarur. Tramp shtabi ovozlarni qayta sanashni talab qilmoqchi.

Yangiliklar lentasi
0