Siyosat

Kamilov va Kazakbayev hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi

© MID Uzbekistana5 noyabrya 2020 goda sostoyalas vstrecha Ministra inostrannыx del Respubliki Uzbekistan Abdulaziza Kamilova i Ministra inostrannыx del Kыrgыzskoy Respubliki Ruslana Kazakbayeva
5 noyabrya 2020 goda sostoyalas vstrecha Ministra inostrannыx del Respubliki Uzbekistan Abdulaziza Kamilova i Ministra inostrannыx del Kыrgыzskoy Respubliki Ruslana Kazakbayeva - Sputnik Oʻzbekiston
Abdulaziz Kamilov Toshkent shahriga amaliy tashrif bilan kelgan qirgʻizistonlik hamkasbi Ruslan Kazakbayev bilan uchrashdi. Uchrashuv yakunlari boʻyicha Qoʻshma bayonot qabul qilindi.

TOSHKENT, 5 noya — Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahriga amaliy tashrif bilan kelgan Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev bilan uchrashdi.

“Muzokaralar chogʻida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, suv xoʻjaligi va madaniy-gumanitar sohalarda Oʻzbekiston-Qirgʻiziston hamkorligining hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi”, - deyilgan Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabarida.

Taʼkidlanishchia, vazirlar koʻp tomonlama tuzilmalar doirasidagi oʻzaro aloqalar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibini muhokama qildilar. Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi hamkorlikning ijobiy surʼatini saqlab qolishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi maʼlum qilindi.

© MID Uzbekistana5 noyabrya 2020 goda sostoyalas vstrecha Ministra inostrannыx del Respubliki Uzbekistan Abdulaziza Kamilova i Ministra inostrannыx del Kыrgыzskoy Respubliki Ruslana Kazakbayeva
Kamilov va Kazakbayev hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi - Sputnik Oʻzbekiston
5 noyabrya 2020 goda sostoyalas vstrecha Ministra inostrannыx del Respubliki Uzbekistan Abdulaziza Kamilova i Ministra inostrannыx del Kыrgыzskoy Respubliki Ruslana Kazakbayeva

Tomonlar, shuningdek, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish va pandemiyaning Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi munosabatlarga taʼsirini minimallashtirish boʻyicha birgalikdagi saʼy-harakatlar toʻgʻrisida fikr almashdilar.

TIV rahbarlari ikki tomonlama tadbirlarni davom ettirish, shu jumladan, Oʻzbekiston-Qirgʻiziston Hukumatlararo komissiyasining va ikki mamlakat chegaraoldi viloyatlari hokimlari (vakolatli vakillari) Kengashining navbatdagi yigʻilishini oʻtkazish muhimligini taʼkidladilar.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha Qoʻshma bayonot qabul qilindi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq 5-6 noyabr kunlari kunlari Qirgʻiziston TIV rahbari Ruslan Kazakbayev boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala