Olti oyda sotilmagan "chiroyli" raqamlar arzon narxda auksionga qo‘yiladi

© Sputnik / Taras LitvinenkoDevushka stavit novie avtomobilnie nomera
Devushka stavit novie avtomobilnie nomera - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berishda “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.

TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Hukumat qarori bilan Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berishda “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.

Krasivie nomera na avtomobil v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Bir hafta ichida 2 milliard so‘mlik “chiroyli” raqamlar sotildi

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, “chiroyli” raqamlar auksionga qo‘yilgan kundan boshlab 6 oy mobaynida sotilmagan taqdirda:

- 1 va 2-toifadagi raqamlar mos ravishda 2 va 3-toifalarga doir boshlang‘ich narxlarda auksionga qo‘yiladi (harflari bir xil kombinatsiyada bo‘lgan raqamlardan tashqari);

- 4-6-toifadagi raqamlar auksiondan olinib, auksionga qo‘yilgan boshlang‘ich narxda umumiy tartibda realizatsiya qilinadi.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan “chiroyli” raqamlarning 1-3-toifalari istalgan harf kombinatsiyalari bilan auksionga qo‘yilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0