Siyosat

“Oʻzbekkontsert” rahbari yana oʻzgardi

© Press-slujba Minkulturы Uzbekistana Tadjibayev Anvarjon naznachen vremenno ispolnyayuщim obyazannosti direktora “Uzbekkontserta”
 Tadjibayev Anvarjon naznachen vremenno ispolnyayuщim obyazannosti direktora “Uzbekkontserta” - Sputnik Oʻzbekiston
Kontsert-tomosha faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan Anvarjon Tojiboyev “Oʻzbekkontsert”ga direktor boʻldi.

TOSHKENT, 5 noya — Sputnik. Oʻzbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov sanʼat ahli bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuv davomida  “Oʻzbekkontsert” davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar muhokama qilindi.

“Madaniyat vazirligi Kontsert-tomosha faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan Anvarjon Tojiboyev “Oʻzbekkontsert” davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi”, - deyilgan xabarda.

Anvarjon Tojiboyev faoliyati davomida “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktor yordamchisi, Oʻzbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi Ijodiy birlashmalar va xalq ijodiyotini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari boʻlib ishlagan.

Shuningdek, u Madaniyat vazirligi Ijodiy birlashmalarni rivojlantirish va ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari vazifasida samarali mehnat qilgan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning iyun oyida Jamoldinov Alisher “Oʻzbekkontsert” rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala