Iqtisod

Xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga qator oʻzgarishlar kiritildi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishTsentr zanyatosti
Tsentr zanyatosti - Sputnik Oʻzbekiston
Xususiy bandlik agentliklari tomonidan koʻplab qoidabuzarliklar qayd etilayotgani sababli ularning faoliyatiga jiddiy oʻzgarishlar kiritildi.

TOSHKENT, 6 noya - Sputnik. Oʻzbekistonda 14 noyabrdan boshlab xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga jiddiy oʻzgarishlar kiritiladi. Bu haqida Toshkentdagi Monomarkazda boʻlib oʻtgan tadbirda maʼlum boʻldi.

Yangi tartibga koʻra, xususiy bandlik agentliklari faoliyatidi quyidagilar oʻzgaradi:

  • Agentliklar ish qidirayotgan shaxslargadan haq undirmaydi;
  • Xizmat haqini ish beruvchi toʻlab beradi;
  • Agentlik xizmat haqi - BHMning bir baravaridan oshmaydi;
  • Agentliklar Jamgʻarmaga toʻlaydigan zaxira mablagʻi miqdori 8500 BHM boʻldi
  • Agentlik va fuqaro orasidagi shartnoma labormigration.uz axborot tizimida roʻyxatga olinadi

Mehnat migratsiyasi muammolariga bagʻishlangan tadbirda maʼlum boʻlishcha, bugungi kunda Oʻzbekistonda xususiy bandlik agentliklari faoliyatida koʻplab qonunbuzarliklar aniqlangan. Xususan, 9338 nafar fuqarolarda 79 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ noqonuniy yigʻib olgani qayd etilgan. 11ta bandlik agentligining 51 nafar xodimiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala