Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus: 6 noyabr asosiy xabarlari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishEkspress-testirovaniye na COVID-19 v aeroportu Vnukovo
Ekspress-testirovaniye na COVID-19 v aeroportu Vnukovo - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Sutka davomida 163 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 68 223 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 6 noya — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

SPUTNIK_LIVE: Mishustin prinimayet uchastiye v zasedanii Soveta glav pravitelstv SNG - Sputnik Oʻzbekiston
Video
MDH Hukumat rahbarlari yigʻilishida qanday masalalar muhokama qilindi

Bir sutka davomida 163 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 68 223 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 70 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 144 nafar bemor tuzaldi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 65 477 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 167 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Oʻzbekistonda jami 579 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Hukumat rahbarlari yigʻilishi

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Hukumat rahbarlari kengashining yigʻilishi juma kuni videokonferentsiya shaklida boʻlib oʻtdi.

Vrach v bolnitse - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda koronavirus: 5 noyabr asosiy xabarlari

Vazirlar Mahkamasi rahbarlari MDH doirasidagi iqtisodiy hamkorlik masalalariga eʼtibor qaratib, COVID-19 oqibatlarini bartaraf etish va aʼzo davlatlar iqtisodiyotining oʻsish surʼatlarini tiklashga eʼtibor qaratildi.

Elektron baza

Aholining salomatlik holati baholanib, elektron bazasi yaratiladi. Buning uchun tibbiyot xodimlari planshet, mobil diagnostika vositalari bilan taʼminlanadi.

5 yoshgacha boʻlgan bolalar, homilador, tugʻish yoshidagi va 35 yoshdan oshgan ayollar, 40 yoshdan oshgan shasxlar doimiy nazoratga olinib, skrining tekshiruvlari oʻtkaziladi.

Kasallikka moyil boʻlganlar individual patronajga olinadi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 48,7 milliondan oshdi, 1,2 million ortiq kishi vafot etdi, 32,2 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (9,6 mln), Hindistonda (8,4 mln), Braziliyada (5,6 mln).

Yangiliklar lentasi
0