Dunyoda

Qirgʻiziston “Oq uy” binosi atrofidagi panjaralar buzilmoqda

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovRabotniki munitsipalnogo predpriyatiya Tazalыk vo vremya demontaja ograjdeniya vokrug zdaniya Belogo doma v Bishkeke
Rabotniki munitsipalnogo predpriyatiya Tazalыk vo vremya demontaja ograjdeniya vokrug zdaniya Belogo doma v Bishkeke - Sputnik Oʻzbekiston
Bishkekda Qirgʻiziston parlamenti binosi oldida 1997 yilda oʻrnatilgan temir panjaralarni demontaj qilish boshlandi.

TOSHKENT, 6 noya — Sputnik. Bishkekda Qirgʻiziston parlamenti binosi atrofidagi temir panjaralarni demontaj qilish boshlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Mirziyoyev: Xitoy–Qirgʻiziston–Oʻzbekiston temir yoʻl qurilishini tezlashtirish tarafdorimiz

Bishkek meriyasi xodimlari panjaralarni olib tashlamoqda, deb maʼlum qildi meriya rahbari vazifasini bajaruvchi rahbari Balbak Tulobayev.

Panjaralar vaqtincha meriya bazalaridan biriga joylashtiriladi.

"Devorni demontaj qilish bir necha kunga choʻzilishi mumkin. Shundan keyin odamlar bemalol binoga yaqinlashib, atrofida sayr qilishi mumkin. Biz faqat devorning 2ta qismini qoldiramiz, ularda 7 aprel inqilobi qurbonlarining ismi yozilgan yodgorlik taxtachasi bor", - dedi Tulobayev.

Mamlakat parlamentining yangi spikeri Talant Mamitovning ilk qarori - devorni buzish toʻgʻrisida 4 noyabrda imzolangan.

"Xalq uchun hech qanday toʻsiqlar boʻlmasligi kerak. Bu panjara hukumatni qutqarmagan va qutqarmaydi. Agar toʻsiqlar boʻlmasa, biz odamlarga yaqinroq boʻlamiz va kelishmovchiliklar boʻlmaydi", - dedi Mamitov.

Qirgʻiziston parlamenti joylashgan "Oq uy" atrofidagi panjara 1997 yilda Asqar Akayev prezidentligi davrida oʻrnatilgan. Ommaviy tartibsizliklar va inqiloblar paytida devor bir necha bor shikastlangan, ammo keyinchalik tiklangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala