Toshkentda Milliy gvardiya kiyimini kiyib olgan bosqinchilar ushlandi

© Sledstvenniy departamentPrestupnik v forme Natsionalnoy gvardii
Prestupnik v forme Natsionalnoy gvardii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent tumanida 3 nafar shaxs xuquqni saqlash organlari kiyimida bosqinchilik sodir etish vaqti qo‘lgan olindi.

TOShKENT, 6 noya - Sputnik. Toshkent viloyatida "Milliy gvardiya" xodimlari kiyim-boshiga o‘xshash kiymmlarni kiyib bosqinchilik qilishga uringan 3 nafar shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda Tergov qo‘mitasi. 

Ma’lum bo‘lishicha 31 oktabr kuni soat 22:00 da, 36 yoshli J.P., sheriklari 36 yoshli A.I. va 51 yoshli B.A.,lar bilan birgalikda bosqinchilik sodir etish maqsadida oldindan jinoiy til biriktirib, qora rangli mato bilan yuzlarini yashirib, egniga “Milliy gvardiya” harbiy kiyimini kiyib, rezina tayoqcha va qo‘l kishani hamda pnevmatik o‘q otar qurol bilan qurollangan holda “Matiz” avtomashinasida Toshkent tumani, Tutzor mahallasi, Nurmakor ko‘chasiga kelib, mazkur ko‘cha bo‘ylab “Lacetti” rusumli avtomashinada uyiga kelayotgan, 47 yoshli U.R.,ni yo‘lini to‘sgan holda to‘xtatib, unga hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, qo‘llarini orqa tarafga qayirgan holda kishanlab, bosqinchilik sodir etib, fuqaro U.R.,ga tegishli “Lacetti” rusumli avtomashinasining orqa o‘rindig‘iga o‘tkazib, olib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. 

O‘tkazilgan tintuv davomida uldarning yonidan qo‘l kishani, rezina tayoq, pnevmatik o‘q otar qurol, “Milliy gvardiya” xizmat kiyimi va niqoblar hamda bir necha avtomobil davlat raqamlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Ushbu ish yuzasidan, Toshkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqarolar Jinoyat kodeksining 227-modasi 1-qismi (Hujjatlar, muhrlarni, davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish) va 164-moddasi 2-qismi “a,b” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilgan.

Jinoyatchilarga nisbatan dastlabki tergov jarayonida “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Yangiliklar lentasi
0