O‘zbek shakarining achchig‘i: Angren shakar zavodi nega inqiroz yoqasiga kelib qoldi?

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMeshok s saxarnim peskom
Meshok s saxarnim peskom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondagi ikki yirik shakar zavodlari – Angren shakar va Xorazm shakar yopilishi haqidagi xabarlar tarqalgani jamoatchilik orasida keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda.

TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Korxona ishchilari yoppasiga ishdan bo‘shatilayotgani haqidagi shov-shuvlardan so‘ng O‘zbekiston Mehnat vazirligi korxonalar o‘z faoliyatini koronavirus pandemiyasi tufayli vaqtinchalik to‘xtatganini, ishchilar ham ommaviy ravishda ishdan bo‘shatilmagani, hozirda zavodlar faoliyatini qayta ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida bayonot bilan chiqdi.

Rabota saxarnogo zavoda - Sputnik O‘zbekiston
Ikkita shakar zavodida xodimlarni ommaviy ishdan bo‘shatish boshlandi

Strategik mahsulot – shakarning ishlab chiqarilishi birdan to‘xtab qolishi sabablari nimada, ishchilar taqdiri aslida ne kechmoqda va boshqa shu mavzuga oid savollarga aniqlik kiritish maqsadida Sputnik muxbiri Angrendagi shakar zavodiga yo‘l oldi.

Taxminan ikki soatlar chamasi yo‘l bosgach, Angrendagi shakar zavodiga yetib keldik. Manzilda ozoda, obodonlashtirilgan, zamonaviy uslubda qad ko‘targan Angren shakar zavodi ko‘z oldimizda yastandi. Biroq muhtasham bino bugun odamlarsiz huvillab qolgan.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaGamlet Bakiyev, rabotnik laboratorii saxarnogo zavoda
O‘zbek shakarining achchig‘i: Angren shakar zavodi nega inqiroz yoqasiga kelib qoldi? - Sputnik O‘zbekiston
Gamlet Bakiyev, rabotnik laboratorii saxarnogo zavoda

Har holda, ishlab chiqarish sexi tomonga yurmasimizdan oldin qo‘riqlash xizmatining ikki xodimi va bizni kutib olgan zavod ishchilaridan biri – Ahmadjon akadan boshqa hech bir jon ko‘rinmadi.

MDHda yagona

Zamonaviy usuldagi ofis oralab to‘g‘ri ishlab chiqarish zonasiga qarab yo‘l olar ekanmiz, bizga hamroh bo‘lishga tashabbus bildirgan Ahmadjon akaga qariyb cho‘l o‘rtasida shunday zamonaviy zavodni ko‘rishni umid qilmaganimizni aytamiz. Suhbatdoshimiz darhol nima demoqchi bo‘lganimizni tushunadi va kamtarona ohangda “aslida “ANGREN ShAKAR” korxonasi MDHdagi eng zamonaviy shu turdagi sanoqli korxonalardan biri ekanligini” aytadi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNa territorii Angrenskogo saxarnogo zavoda
O‘zbek shakarining achchig‘i: Angren shakar zavodi nega inqiroz yoqasiga kelib qoldi? - Sputnik O‘zbekiston
Na territorii Angrenskogo saxarnogo zavoda

O‘zbekistonda 90-yillar boshida yuzaga kelgan shakar taqchilligidan so‘ng (o‘sha vaqtlarda talonga kishi boshiga grammlab shakar tarqatilgan vaqtlar edi, - mual.). O‘shanda xalq xo‘jaligi uchun muhim mahsulot hisoblangan shakar importiga muhtoj bo‘lmaslik uchun O‘zbekistonda birin-ketin ikkita shakar zavodi qurilgan. Birinchisi Xorazmda, ikkinchisi esa – Angrenda.

Angrendagi shakar zavodining Xorazmdagi farqi – ishlab-chiqarish jarayoni to‘liq avtomatlashtirilganida, ya’ni shakar xom-ashyosini qayta ishlashdan tortib, uni qoplash jarayonigacha inson ishtirokisiz kechadi. Bu jarayon maxsus xonalarda kompyuterlar orqali boshqariladi, xolos.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNa territorii Angrenskogo saxarnogo zavoda
O‘zbek shakarining achchig‘i: Angren shakar zavodi nega inqiroz yoqasiga kelib qoldi? - Sputnik O‘zbekiston
Na territorii Angrenskogo saxarnogo zavoda

Shu bois, bir sutkada 1000 tonna shakar ishlab chiqaradigan bu zavodda ishchilar soni atigi 700 kishini tashkil qiladi, shulardan ikki yuz nafari ayollardir.

Korxonaning aksariyat jihozlari rivojlangan Yevropa davlatlari Germaniya, Italiya, Avstriya, Shvetsiyadan  keltirilgan va boshida zavod ishchilari uchun o‘quv kurslari shu binoning o‘zida tashkil etilgan.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaGlavniy proizvodstvenniy korpus, Angrenskiy saxarniy zavod
O‘zbek shakarining achchig‘i: Angren shakar zavodi nega inqiroz yoqasiga kelib qoldi? - Sputnik O‘zbekiston
Glavniy proizvodstvenniy korpus, Angrenskiy saxarniy zavod

Ishchilarning ko‘pchiligi Ohangaron tumani va shahri, Olmaliq va Angren shaharlaridan.

Ishchilar bepul ovqat, transport bilan ta’minlanishgan, bugungi kungacha hatto ishlamagan aksariyat ishchilarga ham oylik maoshlari to‘liq to‘lab berilgani aytiladi.  Hozirda vaqtinchalik ishsiz qolayotgan boshqa viloyatlardan kelib ishlaydigan ayrim xodimlar korxona tomonidan beriladigan bepul yotoqxonada yashab turishibdi.

Shakar sifati va xom ashyo

Korxonada asosan shakarqamishdan ikki xil toifadagi shakar ishlab chikariladi va mahsulot halqaro oziq ovqat xavfsizligi talablari asosida ISO 9001: 2015, ISO 22000 sertifikatlariga ega:

2- toifadagi shakar O‘zbekistondagi Coca cola, PEPSI cola, Nestle kompaniyalariga

3- toifadagi shakar ichki bozordagi iste’molchilarga yetkazib beriladi.

Shakar ishlab chikarish uchun xom ashyo asosan Lotin Amerika davlatlari va Rossiyadan olib kelinadi. Sababi, shakarqamish asosan subtropik iqlimda o‘sadigan ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, O‘zbekistonda uni yetishtirishning iloji yo‘q.

Saxar. - Sputnik O‘zbekiston
Shakar bozoriga qiyin bo‘ldi: MDH koronavirus inqirozini qanday yengmoqda

Xom ashyo "Angren shakar" MChJ korxonasiga o‘rtacha 300-350 ming tonna olib kelinadi, ehtiyojdan kelib chiqqan holda.

O‘zbekistonda qand lavlagi yetishtirib, mahalliy mahsulotdan shakar ishlab-chiqarishning imkoni yo‘qmi, degan savolimizga suhbatdoshimiz O‘zbekistonda qand lavlagi yetishtirsa bo‘ladi, lekin buning  o‘ziga yarasha qiyinchiliklari borligini aytadi.

Ma’lum bo‘lishicha, suv tanqisligi, qand lavlagi ekilgan yerga 2-3 yil boshqa ekin ekish kerakligi, yetishtirilgan hosilni iqlim sharoitidan kelib chiqib tez qayta ishlash (ya’ni sentabr,oktabr oylarida o‘rtacha havo issiqligi 25-300S ), katta partiyada qand lavlagini yig‘ish va saqlash qiyin.

Qolaversa, ishlab chiqarish mavsumiyligi, ya’ni 2-3 oy bo‘lishi va qolgan oylarda korxonaning to‘xtab turishi ham bunga imkon bermaydi.

Shakar ombori va elektr

Shakar mahsulotining qadoqlanib tayyor holatda keltirilgach olib o‘tiladigan ombor obyektning yirik qismini egallab turibdi. Ushbu binoda shakar olib o‘tiladigan maxsus lentadan iborat texnologiya, chamasi 35 qavatdan iborat qilib taxlangan shakar uyumi joylashgan.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMeshki s saxarnim peskom
O‘zbek shakarining achchig‘i: Angren shakar zavodi nega inqiroz yoqasiga kelib qoldi? - Sputnik O‘zbekiston
Meshki s saxarnim peskom

Shakar korxona o‘zidagi sexda ishlab chiqarilgan maxsus polipropilen qoplarga solingan. Bunday ioplar nam o‘tkazmaydi va sifati bo‘yicha ham alohida talabga javob beradi. Bu esa shakar mahsulotining qoplarda uzoq muddatda sifatli saqlanishini ta’minlaydi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMeshki s saxarnim peskom
O‘zbek shakarining achchig‘i: Angren shakar zavodi nega inqiroz yoqasiga kelib qoldi? - Sputnik O‘zbekiston
Meshki s saxarnim peskom

O‘z vaqtida shakar ishlab chiqarishda ombordagi zaxiraga g‘amlab qo‘yilgan xom ashyolardan foydalanilgani bois, pandemiya vaqtida ham ish davom ettirilgan. Omborda o‘rtacha ellik ming tonna shakar xomashosini saqlash mumkin ekan.

Qizig‘i, shakar tayyorlanishi jarayonida elektr energiyasi ham mazkur korxonaning o‘zida ishlab chiqarilishi bois chetdan olib foydalanishga ehtiyoj yo‘q. Zavod ushbu quvvat manbai bilan ishlaganda bir kunda ming yoki bir ming ikki yuz tonna shakar ishlab chiqarishi mumkin. Natijada, zavod O‘zbekiston aholisining 50%dan oshiqrog‘ini shakarga bo‘lgan ehtiyojini qoplasa, qolgan foizi Xorazm shakar zavodi hissasiga to‘g‘ri keladi.  Boshqa xorijiy davlatlarga esa O‘zbekistondan shakar eksport qilinmaydi.

Oq shakar yaxshimi sariq

Shu tariqa korxonadagi shakar mahsulotini iste’molga yaroqli holatga keltirib, uning sifatini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan alohida labaratoriyaga o‘tamiz. U yerda shakarning sifati va uning iste’molga yaroqlilik jihati tajribali mutaxassislar tomonidan nazorat qilib boriladi. Labaratoriya ishchisi Gamlet Bakiyev bizga yelim idishlariga solib qo‘yilgan uch turdagi shakar navlarini ko‘rsatadi. Mutaxassisga ko‘ra, shakarning rangi qancha oq va hidsiz bo‘lsa, u toza mahsulot hisoblanadi, buning uchun esa zavoddagi ishlab chiqarish jarayonida shakar yettita bosqichda tozalanadi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSaxar do i posle obrabotki (sprava nalevo)
O‘zbek shakarining achchig‘i: Angren shakar zavodi nega inqiroz yoqasiga kelib qoldi? - Sputnik O‘zbekiston
Saxar do i posle obrabotki (sprava nalevo)

"Shakar mahsulotining sifati haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmagan iste’molchilar asosan sariq rangdagi shakar mazaliroq va sifatdiroq deb o‘ylaydi. Ammo sariq rangdagi chetdan keltirilayotgan shakar mazali bo‘lishi mumkin, ammo sifati va iste’molga yaroqliligi bo‘yicha talabga unchalik javob bermaydi. Yaxshi tozalanmagan shakarni shuningdek, o‘ziga xos hidi bilan ham ajratib olish mumkin", – deydi u.

Bundan tashqari tozalash jarayonida shakar tarkibidagi faqat saxaroza moddasi saqlanib qolinishi, fruktoza va laktoza kabi moddalar alohida ajratib tashlanishi aytiladi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSaxarniy trostnik importiruyemiy iz Brazilii
O‘zbek shakarining achchig‘i: Angren shakar zavodi nega inqiroz yoqasiga kelib qoldi? - Sputnik O‘zbekiston
Saxarniy trostnik importiruyemiy iz Brazilii

Laboratoriyada shakar ishlab chiqarilishida ishlatiladigan xom ashyo, birdan to uchinchi toifagacha bo‘lgan maxsus yelim idishlardagi shakar mahsulotlari ishlab chiqarilishi jarayonida mahsulot sifatini taqqoslash uchun kerak bo‘larkan. Shakarning tozaligini aniqlash uchun esa uni choyga solib kuzatish kifoya, shakar qancha toza ishlangan bo‘lsa, uni choyga solganda ostida cho‘kindi oz bo‘lar ekan.

O‘zbeklarda "Shakarning ham ozi shirin" degan ibora mavjud bor. Xalq buni kundalik hayotda sodir bo‘layotgan turli voqeliklarga ko‘ra qo‘llaydi. Shakar ishlab chiqaruvchilarining ham bu borada o‘z fikrlari bor.

Shakar - Sputnik O‘zbekiston
Shakar qanday ishlab chiqariladi

Shakar - inson miya hujayralari uchun muhim energiya manbai hisoblanadi. Miyaning asosiy ozuqasi shakar tarkibidagi fruktoza, laktozalarda mavjud. Agar haddan ziyod ko‘p miqdorda shakar iste’mol qilinsa, miya yanada ushbu moddalarga ehtiyoj seza boshlaydi. Natijada bu inson organizmida ortiqcha miqdorda yog‘ to‘planib qolishiga sabab bo‘ladi, deydi labaratoriya mutaxassisi.

Shuningdek, mutaxassisga ko‘ra, shirinligi ko‘p miqdorda saqlanib qolgan va yaxshi tozalanmagan shakarni iste’mol qilgan odam qandli diabet, metobolizm, jigar faoliyatining buzilish kabi kasalliklarga chalinishi mumkin. 

Ana shuning oldini olish maqsadida Angren zavodida ishlab chiqarilgan shakar mahsulotining sifatini chet el miqyosida tahlil qilish uchun bir yilda ikki marotaba Turkiya, Xitoy, Angliya kabi xorijiy mamlakatlarga yuborilarkan. 

O‘zbek shakari nega qimmat?

Shu o‘rinda shakarning bozordagi tannarxi qimmatlashib ketishiga nima sabab bo‘lgani haqida zavod ishchisidan so‘raymiz. 

Saxar - Sputnik O‘zbekiston
Shakar ochiq savdoga chiqarildi - Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

Unga ko‘ra, zavod xususiy hisoblanib, u yerda bir kunda ming tonna shakar ishlab chiqarilsa ham besh yuz tonna shakar ishlab chiqarilsa ham yetti yuz nafar ishchi xizmat ko‘rsatishiga to‘g‘ri keladi. Ana shunda o‘z o‘zidan ishchilarni kunlik bepul ovqat va transport vositalari bilan ta’minlash, oylik maosh va mukofot pullari to‘lash, ba’zida dam olish maskanlariga yuborish, soliqlar miqdori bevosita moddiy harajatlarga borib taqaladi.

Qolaversa, Angrenda ishlab chiqariladigan shakar mahsuloti chet davlatlariga eksport qilinmasligi uchun ham uning ichki bozordagi tannarxi ko‘tarilishiga asos bo‘ladi. 

— Odamlarda nega Rossiyadan keltirilayotgan shakar mahsulotlari arzon bo‘lishi mumkin, – degan tabiiy savol tug‘iladi. Ammo ushbu keltirilayotgan shakar mahsuloti qayta ishlanmaganligi uchun ham bozorda arzon narxlarda sotilmoqda, – deydi zavod xodimi. Vaholangki, Ukraina, Belarusiyada shakar ishlab chiqarishda ishlatiladigan xomashyo bevosita O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan xomashyo bilan bir xil. Gap xorijiy davlatlardagi shakar ishlab chiqaruvchi zavodlarning texnologiyasi hamda shakarlarining necha bosqichda tozalanganida,– deb qo‘shimcha qiladi suhbatdosh. 

Saxar - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekistonga shakar yetkazib berish uchun kvota so‘radi

Korxona xodimi yana suhbat davomida chet ellik (Masalan, Ukraina, Rossiya) ishlab chiqaruvchilarning O‘zbekistonga shakar olib kirib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish imkoniyati mavjudligi, ammo O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarayotgan Angren zavodi mahsulotini faqat Savdo birjasi orqali tadbirkorlarga sota olishi mumkinligini aytadi. Ya’ni Rossiya, Ukraina kabi mamlakatlar O‘zbekistonga shakar olib kirar ekan, tadbirkorlarga arzon bahoda sotib ketish imkoniyatiga ega. Angren shakar zavodi bunday qila olmaydi, tadbirkorlar ushbu korxonadan shakar sotib olish uchun qog‘oz hujjat qilib, Savdo birjasiga chiqishga majbur bo‘ladi.

 O‘rnatilgan ushbu tartib yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining ma’lumot berishicha, "Xorazm shakar" MChJ va "Angren Shakar" MChJlar respublikadagi yagona shakar ishlab chiqaruvchilari bo‘lib, ular Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi Qaroriga asosan mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan shakar ichki bozorda faqat savdo birjasi orqali realizatsiya qilinadi.

Saxarniy zavod  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda shakar qimmatlasha boshladi

 

To‘xtatilishi sabablari

Suhbatdoshning ma’lum qilishicha, korxona 2020-yil iyul oyidan kapital ta’mirlashga to‘xtatilgan. 2020-yil avgust oyidan hozirgi kungacha korxona ishlamayapti, sababi chetdan kirib kelayotgan shakarga aksiz solig‘i stavkalari va bojxona to‘lovlari stavkalari nolga tenglashtirilgan, oqibatda chetdan kelayotgan shakar bilan xom ashyodan qayta ishlangan shakar tannarxi orasida tafovut paydo bo‘lgan.

Bu o‘z-o‘zidan mahalliy ishlab chikarilgan shakar mahsulotining bozorda raqobatga bardosh berolmasligi  sabab bo‘ldi, deydi suhbatdosh.

Shakar zavodi ishga tushishi uchun davlat tomonidan imtiyozli imkoniyatlar yaratilsa tez orada ishga tushishi mumkin.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaAngrenskiy saxarniy zavod
Angrenskiy saxarniy zavod - Sputnik O‘zbekiston
1/6
Angrenskiy saxarniy zavod
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaAngrenskiy saxarniy zavod
Angrenskiy saxarniy zavod - Sputnik O‘zbekiston
2/6
Angrenskiy saxarniy zavod
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMeshki s saxarnim peskom
Meshki s saxarnim peskom - Sputnik O‘zbekiston
3/6
Meshki s saxarnim peskom
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNa territorii Angrenskogo saxarnogo zavoda
Na territorii Angrenskogo saxarnogo zavoda - Sputnik O‘zbekiston
4/6
Na territorii Angrenskogo saxarnogo zavoda
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNa territorii Angrenskogo saxarnogo zavoda
Na territorii Angrenskogo saxarnogo zavoda - Sputnik O‘zbekiston
5/6
Na territorii Angrenskogo saxarnogo zavoda
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKottedji dlya rabochix zavoda
Kottedji dlya rabochix zavoda - Sputnik O‘zbekiston
6/6
Kottedji dlya rabochix zavoda
1/6
Angrenskiy saxarniy zavod
2/6
Angrenskiy saxarniy zavod
3/6
Meshki s saxarnim peskom
4/6
Na territorii Angrenskogo saxarnogo zavoda
5/6
Na territorii Angrenskogo saxarnogo zavoda
6/6
Kottedji dlya rabochix zavoda
Yangiliklar lentasi
0