Namanganda O‘zbekiston karting chempionati boshlandi

Obuna bo‘lish
Uchqo‘rg‘ondagi karting trassasi uzunligi bir kilometrdan ortiq bo‘lib, u xalqaro talablarga javob beradi.

Namangandagi Uchqo‘rg‘on karting trassasida O‘zbekiston karting chempionati ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzakov ishtirok etdi.  

O‘zbekiston chempionatining dastlabki musobaqasida 150 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishdi. Sportchilar Toshkent, Qoraqalpog‘iston va boshqa hududlardan kelishgan. 

Uchqo‘rg‘on tuman "Vatanparvar" o‘quv-sport klubi yaqinda yangi zamonaviy karting trassasini qayta ta’mirdan chiqargan edi. Ushbu trassa uzunligi 1 kilometrdan uzun bo‘lib, u barcha xalqaro talablarga javob beradi. 

Kartodrom maydoni 2 gektar bo‘lib u yerda jamoalar va tibbiy personal uchun xonalar, kiyinish xonalari hamda ustaxona bor. 

Batafsil Sputnik videosida tomosha qiling. 

Yangiliklar lentasi
0