Siyosat

Qoraqalpogʻistonda birdaniga uchta hokim oʻzgardi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishV zale zasedaniy
V zale zasedaniy - Sputnik Oʻzbekiston
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahriga, Qoraoʻzak va Chimboy tumanlariga yangi hokim tayinlandi.

TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. Qoraqalpogʻiston Respublikasida 3 ta yangi hokim lavozimga tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi matbuot xizmati xabar qildi.

Nukus shahriga Panayev Utemurat vaqtinchalik hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Panayev shu vaqtga qadar “Titan tsement” MCHJ Oʻzbekiston – Xitoy qoʻshma korxonasi bosh direktori, Nukus shahri “Titan DSZ” MCHJ raisi lavozimlarida ishlab kelgan.

Utambetov Uzaqbergen Qoraoʻzak tumaniga hokim etib tayinlandi. Utambetov avval Qoraqalpogʻiston oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Chimboy tumaniga esa Tajetdinov Aybek hokim etib tayinlandi. U bungacha Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala