Hodisalar

Buxoro viloyati sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshligʻi pora bilan qoʻlga tushdi

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik Oʻzbekiston
Buxoro viloyati davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshligʻi karantin qoidalariga rioya qilinmaganligi holati uchun jarima tayinlamaslik evaziga 400 dollar va 500 ming soʻm pora olayotganda ushlandi.

TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Buxoro viloyati davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshligʻi pora olayotganida ushlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Generalnыy prokuror Uzbekistana Nigmatilla Yuldashev. - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Yoʻldoshev: 2 yilda korruptsiyaviy jinoyatlar oqibatida yetkazilgan zarar 2 trln soʻmdan oshdi

Maʼlum qilinishicha, 7 noyabr kuni tezkor tadbir oʻtkazilgan. Buxoro viloyati davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshligʻi Q.R. oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda Buxoro shahridagi “Jamila Jahoni Lazzat Omad” MCHJ rahbari Q.M.dan karantin qoidalariga rioya qilinmaganligi holati uchun jarima tayinlamaslik evaziga pul talab qilgani aniqlangan.

Soʻngra u tamagirlik yoʻli bilan kimyoviy ishlov berilgan 400 dollar va 500 ming soʻm naqd pullarni oʻzining xizmat xonasida pora tariqasida olayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

Ushbu holat boʻyicha JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala