Umid qilaman, Bayden AQSh-Rossiya o‘rtasidagi ishonchni tiklash muhimligini tushunadi - Gorbachov

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishPrezentatsiya knigi M. Gorbacheva "Ostayus optimistom" v Moskovskom Dome Knigi
Prezentatsiya knigi M. Gorbacheva Ostayus optimistom v Moskovskom Dome Knigi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mixail Gorbachov AQShning yangi prezidenti davrida Rossiya-Amerika munosabatlarining istiqbollari haqida gapirdi.

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachov prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini e’lon qilgan Jo Bayden Rossiya va AQSh o‘rtasidagi ishonchni tiklash muhimligini tushunadi deb umid qilmoqda. RIA Novosti xabariga asosan.

Amerikansi prazdnuyut pobedu Djo Baydena na prezidentskix viborax - Sputnik O‘zbekiston
AQSh aholisi Baydenning saylovdagi g‘alabasini qanday nishonlamoqda – video

Demokratlar partiyasidan nomzod Bayden o‘tgan shanba kuni mamlakat prezidenti etib saylanganini e’lon qildi, undan ilgariroq g‘alaba haqida Amerikaning yirik OAVlari e’lon qildi. Shu bilan birga, AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp saylovlar hali yakunlanmagani aytib, sudda o‘z g‘alabasini himoya qilishni rejalashtirmoqda.

Mixail Gorbachov AQShning yangi prezidenti davrida Rossiya-Amerika munosabatlarining istiqbollari haqida gapirdi.

"Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ishonchni tiklash kerak. Umid qilaman, saylangan prezident buning muhimligini tushunadi, Rossiya rahbariyati esa jiddiy muloqotga tayyor, deb o‘ylayman", - dedi Gorbachov RIA Novosti bilan suhbatda.

Yangiliklar lentasi
0