Iqtisod

BAA Oʻzbekistonga qator sohalarda loyihalariga ustuvorlik berishni taklif qildi

© Press-slujba MIVT UzbekistanaMinistr MIVT Uzbekistana Sardor Umurzakov vstretilsya s ministrom po delam prezidenta OAE Sheyxom Mansurom bin Zayedom al-Naxayyanom.
Ministr MIVT Uzbekistana Sardor Umurzakov vstretilsya s ministrom po delam prezidenta OAE  Sheyxom Mansurom bin Zayedom al-Naxayyanom. - Sputnik Oʻzbekiston
Sardor Umurzakov Birlashgan Arab Amirliklari prezident ishlari boʻyicha vaziri Shayx Mansur bin Zoid al-Nahayyon bilan uchrashdi.

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari Oʻzbekistonga energetika, bank ishi, qishloq xoʻjaligi va togʻ-konchilik sohalarida qoʻshma investitsiyaviy loyihalariga ustuvorlik berishni taklif qildi. Bu haqda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning BAA prezident ishlari boʻyicha vaziri Shayx Mansur bin Zoid al-Nahayyon bilan uchrashuvida maʼlum qilindi.

Rukopojatiye - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston va BAA umumiy loyihalar doirasidagi hamkorlikni davom ettiradi

Uchrashuvda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishning bugungi holati, shuningdek, ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi sheriklikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Taʼkidlanishicha, tomonlar amalga oshirilayotgan loyiha va tashabbuslarni joriy etishni jadallashtirish boʻyicha keyingi qadamlarni belgiladilar va har bir yoʻnalish boʻyicha ikki tomonlama hamkorlik qilish algoritmlarini kelishib oldilar.

“Abu-Dhabi Uzbek Investment” Oʻzbekiston-Amirliklar investitsiya kompaniyasi faoliyati hamda uni, xususan, Oʻzbekiston tijorat banklari orqali kompaniya tomonidan kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash dasturini moliyalashtirish hajmlarini oshirish evaziga kengaytirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va uni keyinchalik BAAda sotish boʻyicha loyihalarni birgalikda ishlab chiqish tashabbusi yuzasidan kelishib olindi.

“Bundan tashqari, Amirliklar tomoni energetika, bank ishi, qishloq xoʻjaligi va togʻ-konchilik sohalarida qoʻshma investitsiyaviy loyihalariga ustuvorlik berishni taklif qildi”, - deyilgan xabarda.

Uchrashuv yakunida yangi yoʻnalishlarda aniq loyihalar ustida puxta ishlash uchun alohida qoʻshma ishchi guruhlar tuzish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala