Bayden davri: Markaziy Osiyo AQShning yangi prezidentidan nimani kutishi kerak

© REUTERS/Kevin LamarqueDjo Bayden
Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShda demokratlarning hokimiyat tepasiga kelishi Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham yangi imkoniyatlar, ham xavflarni keltirib chiqaradi. Biroq, xatarlar ko‘proq, deb hisoblaydi RF Moliya universiteti siyosiy fanlar kafedrasi dotsenti Gevorg Mirzayan.

AQSh o‘qitadi

Agar AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp kichik mo‘’jiza ko‘rsatmasa va prezidentlik saylovlari natijalari soxtalashtirilganligini isbotlamasa, u holda yanvar oyida Oq uyni tark etishga majbur bo‘ladi. Uni o‘rnini sobiq vitse-prezident, 20-yanvardan boshlab - amaldagi prezident Jozef Bayden egallaydi.

Prezentatsiya knigi M. Gorbacheva Ostayus optimistom v Moskovskom Dome Knigi - Sputnik O‘zbekiston
Umid qilaman, Bayden AQSh-Rossiya o‘rtasidagi ishonchni tiklash muhimligini tushunadi - Gorbachov

Trampning mo‘’jizasiga ozgina odamlar ishonmoqda, shuning uchun jahon OAVlari va siyosatshunoslar yangi demokratik administratsiya ularning mamlakatlariga nima olib kelishi borasida faraz qilishni boshladilar. Shimoliy Amerika davlati rahbarining bo‘lajak jamoasi hali shakllanmaganiga qaramay (mudofaa vaziri, davlat kotibi, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi yo‘q), Oq uy administratsiyasining Markaziy Osiyoga nisbatan bo‘lajak siyosatining qator jihatlarini aniqlash mumkin.

Birinchidan, huquqni himoya qilish. Eslatib o‘tamiz, hokimiyatga shunchaki demokratlar emas, balki chap-liberal demokratlar keldi. O‘z qadriyatlarini yerning barcha burchaklariga yetkazish niyatida bo‘lgan mafkuraviy jihatdan o‘qlangan siyosatchilar.

Bu shuni anglatadiki, Vashingtonning Markaziy Osiyo davlatlari ichki ishlariga yanada faol va tajovuzkor aralashuvini kutish kerak. Bu davlatlarning barchasi hozirgi paytda bosimga nisbatan ozmi-ko‘pmi zaif.

Qozog‘istonda hokimiyat tranziti hanuz to‘liq yakunlanmagan. Tojikistonda prognoz qilinmoqda. Qirg‘izistonda bu doim ketmoqda (plyus u yerda ko‘plab amerika nodavlat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatadi). O‘zbekistonda tranzit o‘tdi, ammo endi Toshkent tarkibiy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga harakat qilmoqda - va amerikalik sheriklar iqtisodiy o‘zgarishlar bilan siyosiy o‘zgarishlar ham yonma-yon yurishi kerak, deb aytishi mumkin.

Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Bayden AQSh prezidenti saylovida g‘alaba qozonganini e’lon qildi

Bundan tashqari, amerikaliklar AQShning demokratik elitasi bu qadriyatlarni o‘z qo‘llari bilan obro‘sizlantirganidan aslo xijolat tortmaydilar. O‘sha paytda u Black Lives Matter harakatining talonchi va bezorilarini qo‘llab-quvvatlagan, shuningdek, o‘z harakatlari bilan Amerika saylovlarida ovozlarni hisoblashning haqqoniyligi bo‘yicha savollar tug‘dirgan. Saylovlari ko‘plab savollarni keltirib chiqargan davlat boshqalarga kelgusi prezident lavozimiga kimni va qanday saylashni o‘rgatishi mumkinmi?

AQSh tiyib turmoqda

Boshqa jihatlar Markaziy Osiyoda yirik jahon derjavalari - Xitoy, Rossiya, Turkiya harakatlari bilan bog‘liq. Bayden jamoasi barchaga nisbatan siyosatni o‘zgartirmoqchi - va bu o‘zgarish nima bo‘lganda ham butun Markaziy Osiyo mintaqasiga ta’sir qiladi.

Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
AQSh prezident saylovida Bayden g‘alaba qozonmoqda 

Shunday qilib, Qo‘shma Shtatlar, ehtimol, Xitoy bilan munosabatlardagi ziddiyat darajasini pasaytiradi yoki (chunki Vashingtonda Xitoyga qarshi konsensus mavjud), uni yanada madaniyatli oqimga aylantiradi: savdo urushlarini to‘xtatish va bunday ochiq qarama-qarshilik olib keladigan to‘qnashuvlarning oldini olish. Qo‘shma Shtatlar bilan aloqalari hisobiga haddan tashqari xitoycha ta’sirni muvozanatlashtirmoqchi bo‘lgan mintaqadagi davlatlar uchun bu yomon yangilik.

Rossiyaga kelsak, bu boshqa gap. Bayden Moskvani "dushman" deb atadi, haqiqiy sanksiyalar va tiyib turish nima ekanligini ko‘rsatmoqchi. AQSh Rossiyaga qarshi siyosatini butun sobiq ittifoq hududida kuchaytirmoqda – nafaqat uning Yevropa yoki Kavkaz qismida, balki Markaziy Osiyoda ham. Amerika nodavlat notijorat tashkilotlaridan foydalangan holda (Bayden, Trampdan farqli o‘laroq "yumshoq kuch" vositalariga ko‘proq e’tibor qaratadi), AQSh Rossiyaning mintaqadagi mudofaa va iqtisodiy ittifoqlarini yo‘q qilishga, mahalliy yoshlar bilan ishlashga va ularni Rossiyaga nisbatan dushmanlik yoki hatto nafrat ruhida tarbiyalashga harakat qiladi.

Bu nafaqat Rossiya uchun, balki Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham muammo bo‘lib, chunki ular jo‘g‘rofik jihatdan Moskva bilan tekis joyda janjallashib qolishga yo‘l qo‘ymaydi.

AQSh ta’sir qiladi

Nihoyat, Baydenning g‘alabasi mintaqada Turkiyaning ta’sirini kamaytirishi mumkin. Muxolifatdagi Turkiya Respublikachilar partiyasining yetakchisi Kamol Qilichdarog‘luning sobiq vitse-prezidentni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabriklash uchun shu qadar shoshilgani bejiz emas - ekspertlar Vashington va Turkiya prezidenti Rajab Erdog‘an o‘rtasidagi munosabatlarning jiddiy yomonlashishini kutmoqda.

Kukla, izobrajayushaya golovu kandidata Donalda Trampa na ulitse Nyu-Yorka v noch podscheta golosov na viborax prezidenta SShA - Sputnik O‘zbekiston
Taslim bo‘l yoki o‘lasan: Tramp tarafdorlarini rus taqdiri kutmoqda

Demokratlar, chamasi, Anqaradagi rejimni o‘zgartirish uchun harakat qiladilar (Obama davrida bo‘lgani kabi) va ular Erdog‘anning obro‘sini tushirishning eng samarali usulini juda yaxshi bilishadi - bu tashqi siyosiy g‘alabalar va "Turk dunyosi" loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qadamlar hisobiga ichki siyosiy ochkolarni qo‘lga kiritishga yo‘l qo‘ymaslik.

Shuning uchun ham, ehtimol, Vashington Turkiyaga qarshi alyanslarni qurishga kirishadi (unga Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari, birinchi navbatda Qozog‘iston taklif qilinadi), shuningdek, Ankaraning yumshoq kuchi instrumentlari buziladi, ularning yordami bilan turklar Kaspiy dengizidan Xitoy chegarasigacha bo‘lgan joyni nazorat qilishga harakat qilmoqdalar.

Markaziy Osiyoning o‘zi uchun bunday Turkiyaga qarshi siyosat foydalimi? Bir tomondan, yo‘q, chunki mintaqa Rossiya va Xitoy ta’sirini muvozanatlash uchun potensial uchinchi muvozanatchini yo‘qotmoqda.

Ammo, boshqa tomondan, bunday muvozanatchi uchun tekinga kerak emas - Erdog‘anning global ambitsiyalarini ilgari surish bo‘yicha Turkiyaning tashqi siyosiy strategiyasi juda tajovuzkor. Anqaraga qiziq bo‘lgan mintaqalarda boshqa mamlakatlar bilan modus vivendi (qandaydir qarama-qarshi tomonlarning birgalikda yashash imkoniyati – tahr.)ni topish turklar uchun qiyin. Raqobat va ziddiyat darhol boshlanadi, bu Turkiyani qabul qiluvchi davlat uchun halokatli bo‘lishi mumkin.

Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0