Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlar tizimi joriy etiladi

Obuna bo‘lish
Suv omborlari ta’sir hududida lokal seysmik kuzatuv tarmoqlarini tashkil etish va ularga zarur jihozlar va asbob-uskunalarni xarid qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. “Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Posledstviya proriva na Sardobinskom vodoxranilishe - Sputnik O‘zbekiston
“Sardoba ishi”ga oid yangi tafsilotlar ochiqlandi

Loyihada suv omborlarida muntazam seysmometrik, seysmogeodinamik hamda dala kuzatuv ishlarini olib borish, instrumental kuzatuv ma’lumotlari asosida suv omborlari to‘g‘onlarini dinamik xususiyatini o‘rganish va holatini baholash, suv omborini to‘ldirish va undan foydalanish jarayonida seysmik rejim parametrlarining o‘zgarishini baholash kabi seysmodeodinamik o‘zgarishlar monitoringini olib borish tartibi belgilanmoqda.

Hujjatga respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimi to‘g‘risidagi nizom ilova qilingan.

Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik va dala kuzatuvlarini amalga oshirish, axborotni yig‘ish, to‘plash va uni qayta ishlashni, geologik muhit holatini tahlil qilib, suv omborini to‘ldirish va undan foydalanish jarayonida seysmik rejim parametrlarining o‘zgarishini baholashni o‘z ichiga oladi.

Suv xo‘jaligi vazirligi va “O‘zbekgidroenergo” AJ Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1 yanvarga qadar suv omborlari ta’sir hududida lokal seysmik kuzatuv tarmoqlarini tashkil etish va ularga zarur jihozlar va asbob-uskunalarni xarid qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0